10
santimetrida 900 ko’zi bor elakda elanadi. Bu kukun quritish shkafida 105S
o
temperaturada, massasi o’zgarmay qolguncha quritiladi (kukun massasining
o’zgarmay qolganligini bilish uchun quritish vaqtida u ikki-uch marta tortib
ko’riladi). Keyin eksikatorda (xavo kirmaydigan idishda) normal
temperaturagacha sovutiladi.
Tabiiy tosh kabi qattiq materiallar yuqorida aytilgan tartibda
tayyorlangandan keyin Le SHatelpe-Kandlo asbobida (3-rasm, a) xaqiqiy
zichligi topiladi.
3-rasm. Xaqiqiy zichlikni aniqlovchi asbob.
a) Le SHatelpe-Kandlo asbobi b) asbobni umumiy ko‟rinishi.
Le SHatelpe-Kandlo asbobining tsilindrik qismida (uning ichki diametri
0,9 sm) ikkita gorizontal chiziq (0-0 va 20-20) bor. Bu chiziqlar orasidagi xajm
20 sm
3
ga teng. Asbobning 0-0 chiziьigacha suyuqlik quyiladi. Quyilgan
suyuqlik (suv, benzin, suvsiz kerosin) sinaladigan materialni eritmasligi va u
bilan ximiyaviy reaktsiyaga kirishmasligi lozim. TSementning xaqiqiy zichligini
topishda suv o‘rniga benzin yoki suvsiz kerosindan foydalaniladi,
chunki
tsement suv bilan reaktsiyaga kirishadi.
Asbobga suyuqlik quyilgandan keyin uning suyuqlik satxidan yuqori qism
quruq latta bilan artib olinadi. So‘ngra bu asbob shtativga o‘rnatilib, suvli shisha
idishga solinadi (1-rasm, b). Le SHatelpe-Kandlo asbobining 20-20 chiziьi suv
satxidan bir oz yuqori turishi shart. Idishdagi suvning temperaturasi doimo
20
2
o
bo‘lishi kerak.
Le SHatelpe-Kandlo asbobiga solinadigan kukun material idish bilan
birga texnik tarozida tortiladi. (tarozining aniqlik darajasi kamida 0,01 g bo‘lishi
kerak). Bitta tajriba uchun 60-80g kukun yetadi.
Bu kukun asbobga voronka
orqali oz-ozdan solib turiladi va asbobdagi suyuqlik satxining ko‘tarilishi
kuzatib boriladi. Suyuqlik satxi ko‘tarilib, 20-20 chiziqqa yetganda kukun solish
darxol to‘xtatiladi. Ortib qolgan kukun idishi bilan birga yana tortiladi; 20 sm
3
xajmga ketgan kukunning massasini bilish uchun jami kukunning massasidan
ortib qolgan kukunning massasi ayriladi.
Materialning xaqiqiy zichligi (
o
) quyidagi formuladan topiladi:
11
o
=
a
V
m
m
2
1
(1)
bu yerda
o –
materialning xaqiqiy zichligi, g/sm
3
hisobida;
m
1
- jaomi kukunning massasi, g hisobida;
m
2
- ortib qolgan kukunning massasi, g hisobida;
V
a
- Le SHatelpe-Kandlo asbobiga
solingan kukunning xajmi, sm
3
hisobida; V
a
xajm o‘zgarmasligi va doimo 20 sm
3
ga teng bo‘lishi kerak.
Xaqiqiy zichlikni Le SHatelpe-Kandlo asbobidan foydalanib topish
tajribasi ikki marta yoki birdaniga ikki asbobdan o‘tkaziladi. Tajriba
natijalarining o‘zaro farqi 0,02 dan oshmasligi kerak. Agar farq 0,02 dan oshib
ketsa, tajriba yana takrorlanadi.