12
g‘ishtning uzunligi 250 mm, eni 120 mm va qalinligi 65 mm, ya‘ni g‘isht
o‘lchamlari 250x120x65 mm bo‘lishi kerak. Namunalarning uzunligi,
eni va
qalinligi metall chizg‘ich bilan o‘lchanadi Modulp g‘ishtlarda texnologik
bo‘shliqlar bo‘lishi va massasi 4kg dan oshmasligi kerak.
Amalda aniq
o‘lchamli g‘isht olish mumkin emas. SHu sababli davlat standartlariga
g‘ishtning uzunligi bo‘yicha ± 5 mm, eni bo‘yicha ±4 mm, qalinligi bo‘yicha ±3
mm chetga chiqishlariga ruhsat etadi. G‘isht yuzalari va kovurg‘alarining qing‘ir
– qiyshiqligi uchun ham ruxsat etilgan chetga chiqishlar belgilangan: yon yuziga
eng ko‘pi 4 mm va sirtiga eng ko‘pi 5 mm, necha
joyidan va qanday darajada
darz ketganligi;
chala pishirilganligi, % hisobida; o‘ak
zarralarining
aralashgan-aralashmaganligi.
G‘ishtning normal pishirilganligini bolg‘acha bilan urib bilish mumkin.
Bolg‘acha urilganda jaranglagan ovoz chiqsa, g‘isht yaxshi pishgan, po‘killagan
ovoz chiqsa, chala pishgan bo‘ladi.
G‘isht yuzalarining o‘ydim-chuqurligi va qirralarining qing‘ir-qiyshiqligi
metall go‘niya bilan tekshiriladi.