aloqa operatori (ingl: network operator rus: operator svyazi) - Elektr va (yoki)
pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish xuquqiga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik
shaxs.
Animatsiya (ingl: animation rus: animatsiya)- bir necha tasvir yoki kadrlarni
koʻrsatish orqali yaratiladigan xarakat taqlidi. Televideniedagi multfilmlar
animatsiyaning
bir
turidir.
Kompyuterlardagi
animatsiya
multimedia
taqdimotlarning eng asosiy tarkibiy qismlaridandir. Kompyuter monitorida koʻrish
mumkin boʻlgan animatsiyani yaratish imkonini beruvchi koʻplab dasturiy
qoʻllanmalar mavjud. Animatsiya va video oʻrtasidagi farqqa e‘tibor bering. Video
davom etuvchi xarakatdan iborat boʻlib, diskret kadrlarga boʻlingan boʻlsa,
animatsiya mustaqil rasmlar bilan boshlanib, ularni davom etuvchi xarakat
tasavvurini yaratish uchun birlashtiradi.
animatsiyalangan GIF (ingl: animated GIF rus: animirovannый GIF) - Tezda
aks ettirilib, xarakatlanuvchi tasvirni yaratuvchi GIF formatidagi tasvirlardan
iborat fayl.
axborot jinoyatchiligi (ingl: information criminality rus: informatsionnaya prestupnost) -Qonunda koʻzda tutilgan shaxs, tashkilotlar yoki davlat xuquqlarini
buzuvchi gʻayri qonuniy xarakatlar. Bunda jamiyatning axborot soxasidagi
qonuniga zid oʻlaroq, shaxs, tashkilot va davlatga ma‘naviy yoki moddiy zarar
etkazilishi nazarda tutilgan.
Ativirus-Viruslarni aniqlovchi va ulardan kompyuterni tozalovchi maxsus
programma.
Arxivdan tiklash - Faylni arxivli fayldan qayta tiklash.
195
Arxivlash - Fayllarni arxivli faylga joylash.
Tashkillashtirish - normativ xujjatlar kompleksi va tashkiliy tuzilmani ishlab
chikish; shtat jadvali, boʻlimlar, laboratoriyalar va x.k.
Xisobga olish - bu funktsiya firma yoki tashkilot koʻrsatkichlarining metod va
formalarini ishlab chikadi. Masalan; buxgalteriya xisoboti, moliyaviy xisob-kitob,
boshkaruv xisoboti va boshkalar.