198
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni
“Kompyuter ta’minoti” fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni
o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la
ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini
tinglaydilar, misol va masalalar echadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga
tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy
vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni echadi.
Bundan tashqari ayrim
mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar
tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar echadi. Mustaqil ta’lim
natijalari reyting
tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni
mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash,
internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy
izlanishlar olib
borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib
ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini
chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.
Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi
o’qituvchi
tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish
va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda
amalga oshiriladi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning
xususiyatlarini hisobga
olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
ma’ruzalar qismini mustaqil o’zlashtirish;
elektron darsliklar va o’quv ko’llanmalar, avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi
va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari
yoki mavzulari ustida
ishlash;
yangi axborot – kommunikatsiya texnologiyalarni o’rganish;
talabaning o’quv – ilmiy – tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan
fanlar bo’limlari va mavzularni chuqur o’rganish;
faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv
mashg’ulotlari;
masofaviy ta’lim.