• Nazorat savollari
  • 2 - LABORATORIYA ISHI TEMIR-UGLEROD SISTEMASIDAGI QOTISHMALAR HOLAT DIAGRAMMASINI TAHLILI Laboratoriya ishni o„tishdan maqsad
  • Laboratoriya ishini o„tkazish uchun zarur asbob-uskunalar va




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/53
    Sana22.11.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #103279
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53
    Bog'liq
    Materialshunoslikning fundamental asoslari

    Laboratoriya ishini o„tkazish uchun zarur asbob-uskunalar va 
    jihozlar: 
    Ikki komponentli sistemadagi turli qotishmalarning holat diagram-
    masi, masshtabli chizg‗ich, rangli qalamlar va ma‗lumotnomalar. 
    Laboratoriya ishini o„tkazish qoidalari va xavfsizlik choralari: 
    Laboratoriya ishini o‗tkazish kafedraga tegishli laboratoriya xonala-
    rida 12-14 ta talabaga o‗tkaziladi. Laboratoriya ishini o‗tkazishda o‗rna-
    tilgan tartibda xavfsizlik choralari ko‗riladi.
    Nazorat savollari: 
    1. Qotishmalarning holat diagrammasi nima? 
    2. Qotishmalarning holat diagrammasining ahamiyati nimadan iborat? 
    3. Qotishmalarning holat diagrammasini qurishning qanday usul-larini 
    bilasiz? 
    4. Holat diagrammalarning faza va struktura tashkil etuvchilari haqida 
    nimani bilasiz? 
    5. Sovush egri chizig‗i nima? 
    6. Ikki komponentli sistemadagi qotishmalarning holat diagramma-
    sidan fazalar miqdori qanday aniqlanadi. 


    44 
    2 - LABORATORIYA ISHI 
    TEMIR-UGLEROD SISTEMASIDAGI 
    QOTISHMALAR HOLAT DIAGRAMMASINI TAHLILI 
     
    Laboratoriya ishni o„tishdan maqsad: Temir-uglerod sistemasi-
    dagi qo-tishmalarning holat diagrammasini tahlil qilishni o‗rganish
    Laboratoriya ishini mazmuni: Temir-uglerodli (Fe-C) qotishma-
    larni va termik ishlov berish jarayonlarini o‗rganish 1868 yilda e‘lon qi-
    lingan Chernov D.K. ning "Lavrov va Kalakutskiyning po‗lat va 
    po‗latdan ishlangan qurollar haqidagi makolalarining tanqidiy tahlili 
    hamda ushbu soha bo‗yicha Chernov D.K. ning o‗z tadqiqotlari" 
    maqolasi bilan boshlanadi. Chernov D.K. birinchi bo‗lib, po‗latda 
    kritik nuqtalar borligini ko‗rsatdi va temir-sementit diagrammasi haqi-
    da dastlabki tushunchani berdi. Keyinchalik temir-uglerodli qotish-
    malarni o‗rganishga hamda temir-uglerod diagrammalarini tahlil qilish-
    ga Osmond F., Le Shatale (Fransiya), Austen R. (Angliya), Baykov 
    A.A. va Gudsov N.T. (Rossiya), Rozenbaum (Gollandiya), Gerens P. 
    (Germaniya) va boshqalarning ishlari bag‗ishlandi. 
    Temir va uglerod Fe-C qotishmaning strukturasi va xossalariga 
    bog‗liq bo‗lgan asosiy komponentlar hisoblanadi. Toza temir kumush-
    simon oq rangdagi metall bo‗lib, suyuqlanish harorati 1539°C ga 
    teng. Temir ikkita 

    va 

    polimorf modifikatsiyaga ega: 

    modifi-
    katsiyaga 911°C dan past va 1392°C dan yuqori haroratlarda; 

    modifikatsiyaga esa 911-1392°C haroratlar intervalidagisi kiradi. 
    Harorat va uglerod miqdoriga bog‗liq holda Fe-C li qotishmalarning 
    quyidagi struktura tashkil etuvchilari mavjud: 
    Ferrit (Ф) - uglerodning 

    -temirga singdirilgan qattiq eritmasi. 
    Xona haroratida 

    -temirda uglerod 0,005% gacha eriy oladi; eng ko‗p 
    eruvchanlik 727°С haroratda bo‗lib, 0,002% ga teng. Ferritning 
    qattiqligi past (HB 80-100) va mustahkamligi kichik (

    v
    =250 MPa), 
    lekin plastikligi yuqori (

    =50%, 

    =80%); 
    Austenit (A) - uglerodning 

    -temirga singdirilgan qattiq eritmasi. 
    U temir-uglerodli qotishmalarda, faqat yuqori haroratlardagina 
    mavjud bo‗la oladi. Uglerodning 

    -temirdagi eng ko‗p eruvchanligi 
    1147°C da bo‗lib, 2,14% ga teng. 727°C da esa 0,8%. Bu harorat Fe-C li 
    qotishmalarda austenitning barqaror mavjud bo‗lishligining pastki 
    chegarasidir. Austenitning qattiqligi HB 160-200, plastikligi juda 
    yuqori (

    =40-50%); 


    45 
    Sementit (Ц) - temirning uglerod bilan kimyoviy birikmasi (temir 
    karbidi Fe
    3
    C). Sementitda 6,67% uglerod bor. Uning suyuqlanish 
    harorati 1600°С atrofida. U juda qattiq (НВ-800) mo‗rt va amalda 
    umuman plastik emas. Sementit barqaror b o‗lmay, ma‘lum 
    sharoitlarda Fe
    3
    C->3Fe+C reaksiya bo‗yicha grafit ko‗rinishda erkin 
    uglerod ajralib parchalanadi. 
    Grafit (Г) - bu erkin uglerod bo‗lib, yumshoq (НВЗ) va 
    mustahkamligi past. Grafit aralashmalarining shakli o‗zgarish bilan 
    qotishmaning mexanik va texnologik xossalari ham o‗zgaradi; harorat 
    Perlit (П) - tarkibida 0,8% uglerod bo‗lgan ferrit va sementitning 
    mexanik aralashmasi. Perlit plastinkasimon va zarrasimon (globulyar) 
    bo‗lishi mumkin. Bu sementitning shakliga (plastinka yoki zarralarga) 
    bog‗liq bo‗lib, perlitning mexanik xossalarini belgilaydi. Xona 
    haroratida zarrali, ya‘ni donali perlitning mustahkamlik chegarasi

    v
    =800 MPa ga, nisbiy cho‗zilishi 

    =15%, qattiqligi HB 160 ga teng. 
    Perlit quyidagicha hosil bo‗ladi: sementit plastinkasi yoki austenit 
    zarrasi chegarasida o‗sa boshlaydi, yoxud metallmas aralashma 
    kristallanish markazi bo‗lib hisoblanadi. Bunda qo‗shni qismlarda 
    uglerod kamayadi va ularda ferrit hosil bo‗ladi. Bu jarayon sementit va 
    ferritning parallel plastinkalari va donachalaridan (zarralaridan) tashkil 
    topuvchi perlit zarrasi (donachasi) hosil bo‗lishiga olib keladi. Qancha 
    yirik sementit ajralib chiqsa, perlitning mexanik xossalari shuncha 
    yomonlashadi);
    Ledeburit (Л) - tarkibida 4,3% uglerod bo‗lgan austenit va 
    sementitning mexanik aralashmasi (evtektika). Ledeburit suyuq 
    qotishmaning 1147°С haroratda qotishidan hosil bo‗ladi. Uning 
    qattiqligi НВ 600-700 ga teng, juda mo‗rt. 727°С haroratda austenit 
    perlitga aylanganligidan, bu o‗zgarish ledeburit tarkibiga kiruvchi 
    austenitni ham qamrab oladi. Buning natijasida 727°С haroratda 
    ledeburit austenitning sementit bilan aralashmasi emas, balki perlitning 
    sementit bilan aralashmasidan iborat bo‗ladi. 
    Fe-C li qotishmalarda yuqorida sanab o‗tilgan struktura tashkil 
    etuvchilardan tashqari oksidlar, nitridlar, sulfidlar, fosfidlar, ya‘ni 
    kislorod, azot, oltingugurt va fosfor bilan hosil qilingan birikmalar 
    ko‗rinishidagi keraksiz metallmas aralashmalar ham bo‗lishi mumkin. 
    Temir-sementit holat diagrammasidan Fe-C li qotishmalarning 
    kristallanish jarayonlari, hamda suyuq qotishmani xona haroratigacha 
    sekin sovitganda uning strukturasidagi o‗zgarishlar o‗rganiladi. 


    46 
    Diagramma (1.1-rasm) toza temirdan sementitgacha (6,67% C) 
    bo‗lgan miqdorli qotishmalarning faza tarkibi va strukturasini ko‗rsatadi. 
    Tarkibida 0,02 dan 2,14% gacha uglerod bo‗lgan qotishmalar po„lat 
    deb, 2,14 dan 6,67% gacha uglerod bo‗lgan qotishmalarga cho„yan deb 
    ataladi.
    Fe- Fe
    3
    C
    diagrammasi sodda holda ko‗rsatilgan. Birlamchi 
    kristallanish, ya‘ni suyuq qotishmaning qotishi AS likvidus chizig‗iga 
    mos keluvchi haroratlarda boshlanadi. Bu diagrammadagi A nuqta 
    temirning suyuqlanish (qotish) harorati 1539°C ga mos keladi. D nuqta 
    esa sementitning suyuqlanish (qotish) harorati 1600°C ga mos keladi. 
    AECF solidus chizig‗i oxirgi qotish haroratiga mos keladi. AS 
    chizig‗iga mos keluvchi temperaturalarda suyuq qotishmadan austenit, D 
    chizi-g‗iga mos keluvchi temperaturalarda esa birlamchi sementit deb 
    ataladigan sementit kristallanadi. 1147°C haroratda va uglerod miqdori 
    4,3% bo‗lganda S nuqtada suyuq qotishmadan bir yula austenit va 
    birlamchi sementit kristallanib evtektika - ledeburit hosil qiladi. 
    AE solidus chizig‗iga mos kelgan haroratlarda tarkibida 2,14% 
    gacha uglerod bo‗lgan qotishmalar uzil-kesil qotadi va austenit hosil 
    bo‗ladi. ECF solidus chizig‗ida tarkibida 2,14 dan 6,67% gacha uglerod 
    bo‗lgan qotishmalar uzil-kesil evtektika (ledeburit) struktura hosil qilib, 
    qotadi. Struktura avvalroq, suyuq qotishmadan hosil bo‗ladi: 2,14 - 
    4,3% uglerod bo‗lganda austenit, 4,3 - 6,67% uglerod bo‗lganda 
    birlamchi sementit hosil bo‗ladi (1.1-rasmga qarang). 
    Birlamchi kristallanish natijasida uglerod miqdori 2,14% gacha 
    bo‗lgan barcha qotishmalarda, ya‘ni po‗latlarda bir fazali struktura - 
    austenit hosil bo‗ladi. Uglerod miqdori 2,14% dan ko‗p bo‗lgan 
    qotishmalarda, ya‘ni cho‗yanlarda birlamchi kristallanishda ledeburit 
    evtektikasi hosil bo‗ladi. 
    Ikkilamchi kristallanish (qattiq holatda o‗zgarish) - GSE, PSK va 
    GPQ chiziqlarga mos keluvchi haroratlarda sodir bo‗ladi. Qattiq holatda 
    o‗zgarish temirning bitta allotropik modifikatsiyadan boshqasiga (

    dan 

    ga) o‗tishi tufayli, hamda uglerodning austenit va ferritda 
    eruvchanligi o‗zgarishiga bog‗liq holda ro‗y beradi. Harorat pasayishi 
    bilan eruvchanlik kamayadi. Qattiq qotishmalardan ortiqcha uglerod 
    sementit ko‗rinishida ajralib chiqadi. 


    47 

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishini o„tkazish uchun zarur asbob-uskunalar va

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish