• Laboratoriya ishini mazmuni
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/53
    Sana22.11.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #103279
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
    Bog'liq
    Materialshunoslikning fundamental asoslari

     


    55 
    4 - LABORATORIYA ISHI 
    KONSTRUKSION MATERIALLARNING MEXANIK 
    XOSSALARINI (PLASTIKLIGI, MUSTAHKAMLIGI) 
    ANIQLASH 
     
     
    Laboratoriya ishni o„tishdan maqsad: Metall va qotishmalarning, 
    aynan konstruksion materiallarning mexanik xossalarini (plastikligi, 
    mustahkamligi) aniqlash. 
    Laboratoriya ishini mazmuni: Metall va qotishmalarning mexanik 
    xossalari, ularning tashqi kuchlarga qarshilik ko‗rsata olish xususiyatini 
    belgilaydi. Mexanik xossalar metallarning kimyoviy tarkibi, strukturasi, 
    texnologik ishlov berish usuli va boshqa omillarga bog‗liq bo‗ladi. 
    Mexanik xossalari ma‘lum bo‗lsa, metallarga ishlov berish vaqtida
    hamda konstruksiya va mexanizmlarning ish jarayonida, ularning o‗zini 
    qanday tutishi haqida hukm yuritish mumkin. Metallarga ta‘sir etish 
    xarakteriga ko‗ra uch xil tashqi yuklanish bo‗ladi: statik yuklanish 
    doimiy yo‗sinda yoki juda sekin o‗sib boruvchi kuch ko‗rinishida ta‘sir 
    qiladi; dinamik yuklanish zarb xarakteriga ega bo‗lib, bir onda ta‘sir 
    qiladi; siklik yoki o‗zgaruvchan ishorali yuklanish qiymati yoki 
    yo‗nalishi, yoxud ham qiymati, ham yo‗nalishi bir yo‗la o‗zgaruvchan 
    kuchlardir. 
    Yuklanish ta‘siridan qattiq jismda, ya‘ni metallarda kuchlanish va 
    deformatsiya paydo bo‗ladi. Kuchlanish sinalayotgan namuna ya‘ni 
    ko‗ndalang kesim yuzining yuza birligiga to‗g‗ri keladigan yuklanish 
    kattaligidir. 
    Deformatsiya metallning tashqi kuchlar ta‘siridan o‗z shakli va 
    o‗lchamlarini o‗zgartirishidir. Cho‗zilish, siqilish, egilish, buralish, 
    qirqilish deformatsiyalari bo‗ladi. Ular metallni yemiradi, qoldiq 
    deformatsiyalarga yo‗l qo‗ymaslik uchun metallarning mexanik 
    xossalarini bilish zarur. Hozirgi zamon sinash usullari bu xossalarining 
    tavsifnomalarini, hamda ularning turli mashina va mexanizmlar 
    tayyorlash uchun yaroqligini aniqlash imkonini beradi. 
    Metallarning asosiy mexanik xossalarga mustahkamlik, qattiqlik, 
    elastiklik, zarbiy qovushoqlik kiradi. 
    Mustahkamlik – metallning kuchlar ta‘siri ostida yemirilishga yoki 
    qoldiq deformatsiya paydo bo‗lishiga qarshilik ko‗rsatish xususiyatidir. 
    Solishtirma mustahkamlik katta ahamiyatga ega, u mustahkamlik 
    chegarasining metall zichligiga nisbati sifatida topiladi. Po‗latning 


    56 
    mustahkamlik chegarasi alyuminikidan katta, lekin solishtirma 
    mustahkamligi kichik. 
    Qattiqlik – metallning o‗zidan qattiqroq jism ta‘siridan sirti 
    deformatsiyalanishga qarshilik ko‗rsatish xususiyatidir. Elastiklik – 
    metallning kuch ta‘siri to‗xtatilgach, o‗zining dastlabki shaklini tiklash 
    xossasidir. Zarbiy qovushoqlik – metallning dinamik kuchlar ta‘siridan 
    yemirilishga qarshilik ko‗rsatish xossasidir. 

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish