|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetiBog'liq Materialshunoslikning fundamental asoslariKutilayotgan natija: Qolipga quyilgan metall yoki uning
qotishmalarining sovib borishida kristallanish jarayonining borishini
o‗rganish, shu asosda donalar o‗lchamini, tartibini va zonalar hajmini
boshqarishni aniqlash hisoblanadi.
Laboratoriya ishining batafsil rejasi va tushuntirish matni:
1. Osh tuzi yoki boshqa tuzdan bir necha gramm olib, uni
probirkaga 70 – 80
0
C gacha qizdirilgan suvga solib, o‗ta to‗yingan
eritma hosil qilinadi;
2. Probirkadagi eritmadan ozginasini tomizgichga olib, undan bir
tomchisini stolga o‗rnatilgan sirlanmagan toza oyna sirtiga tomiziladi;
3. Eritmaning vaqt birligida kristallanish jarayonining borishini
kuzatib, ko‗rilayotgan manzarani 3.1-jadvalning tegishli grafasiga
tushiramiz;
4. Eritmaning kristallanish jarayoni tahlil qilinadi va uning metall
hamda ularning qotishmalarning kristallanish jarayonlari bilan
solishtiriladi.
Laboratoriya ishini o„tkazish uchun zarur asbob-uskunalar va
jihozlar:
Biologik mikroskop, osh tuzi eritmasi, qo‗rg‗oshin nitradi, ammoniy
xlorid, sariq qon tuzi eritmalari, probirka, sprit lampasi, chizg‗ich va
boshqalar.
Laboratoriya ishini o„tkazish qoidalari va xavfsizlik choralari:
Laboratoriya ishini o‗tkazish kafedraga tegishli laboratoriya
xonalarida 12-14 ta talabaga o‗tkaziladi. Laboratoriya ishini o‗tkazishda
o‗rnatilgan tartibda xavfsizlik choralari ko‗riladi.
Nazorat savollari:
1. Kristallanish jarayoni deganda nimani tushunasiz?
2. Birlamchi kristallanish nima?
3. Kristall jismlarga nimalar kiradi?
4. Nima sababdan laboratoriya ishida osh tuzini eritmasidan
foydala-nilgan?
5. Kristallanish jarayonini o‗rganishning amaliy ahamiyati nimadan
iborat?
6. Metall va ularning qotishmalarining kristallanish jarayonini
o‗ziga xos tomonlari nimadan iborat?
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
|