D . M O D D I Y N U Q T A H A R A K A T I N I N G T A B I I Y U S U L D A B E R I L I S H I . 1. Harakat qonuni. Harakat qonuni bu usulda berilganda, tezlik
va
tezlanish - vektorlari ularning qo‘zg‘almas
Oxyz o‘qlaridagi proyektsiyalari
orqali emas, balki M nuqta bilan birga harakatlanuvchi
M
nb tabiiy o‘qlardagi proyektsiyalari orqali aniqlanadi (3.4-shakl).
3.4-shakl.
Bu o‘qlar uchyoqli tabiiy o‘qlar deb atalib, quyidagicha yo‘nalgan bo‘ladi:
M
-o‘qi trayektoriyaga urinma holda bo‘lib, hisob sistemasi s -ning musbat
tomoniga qarab yo‘naladi; Mn - o‘qi trayektoriyaning normali bo‘yicha yo‘nalib,
yondoshgan tekislikda joylashadi va har doim trayektoriyaning botiq tomoniga
yo‘naladi; Mb -o‘qi oldingi ikki o‘qlarga perpendikulyarl holda yo‘nalib, ular
bilan o‘ng qo‘l hisob sistemasini tashkil etadi. M
-o‘qi
urinma oʻq , Mn -o‘qi
bosh normal oʻqi , va unga perpendikulyarl bo‘lgan Mb -o‘q
binormal o‘q deb ataladi.
M nuqtaning ixtiyoriy vaqt uchun shu trayektoriyadagi o‘rnini aniqlash
uchun,
112
s=f(t)
(3.25)
qonuniyat berilishi kerak bo‘ladi. (3.25) tenglama M nuqtaning trayektoriya
bo‘ylab
harakat qonuni deb ataladi.
Demak, nuqta harakatini tabiiy o‘qlarda berilishi uchun:
- nuqtaning trayektoriyasi;
- shu trayektoriyadagi hisob boshining Oʻ nuqtasi va tabiiy o‘qning musbat
va manfiy yo‘nalishini belgilanishi;
-nuqtaning shu trayektoriya bo‘ylab
s=f(t) ko‘rinishdagi harakat qonuni
berilishi shart.