TFT IPS (In Plane Switching)
Hitachi va NEC kompaniyalari
tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan.
Afzalliklari
: keng ko‘rish burchaklari, mukammal qora rang,
mukammal rang berish.
Kamchiliklari
: uzoq javob vaqti, shuningdek, yuqori narx.
Tavsiyalar
: ofis ishi, video tomosha qilish, o‘yin o‘ynash uchun
universal monitorlar.
TFT MVA (Multidomain Vertical Alignment)
Fujitsu tomonidan
taklif qilingan.
63
Afzalliklari
: keng ko‘rish burchaklari, mukammal rang berish, ideal
qora rang, tasvirning yuqori kontrasti.
Kamchiliklari
: uzoq pikselli javob vaqti, yuqori narx.
Tavsiyalar
: rang bilan ishlash, videofilmlarni tomosha qilish uchun
monitorlar.
TFT PVA (Patterned Vertical Alignment)
Samsung tomonidan
ishlab chiqilgan TFT MVA texnologiyasining bir turi. MVA bilan
solishtirganda, u qisqartirilgan piksel javob vaqtiga ega.
Afzalliklari
: keng ko‘rish burchaklari, mukammal rang berish,
mukammal qora rang, yuqori tasvir kontrasti.
Kamchiliklari
: – yuqori narx.
Tavsiyalar
: rang bilan ishlash, videofilmlarni tomosha qilish uchun
monitorlar.
TFT S-PVA (Super PVA)
Samsung tomonidan ishlab chiqilgan
ilg‘or PVA texnologiyasidir. PVA bilan solishtirganda, unda matritsaning
ko‘rish burchaklari ortadi.
TFT S-IPS (Super IPS)
– takomillashtirilgan IPS texnologiyasi,
ko‘rish burchaklari va piksellarga javob berish tezligi oshadi.
Tavsiyalar
: ofis ishlari uchun universal monitorlar, video tomosha
qilish, rang bilan ishlash uchun monitorlari bo‘ladi.
TFT TN (Twisted Nematic)
ko‘pgina zamonaviy LCD monitorlarda
qo‘llaniladigan eng qadimgi va eng keng tarqalgan matritsa ishlab
chiqarish texnologiyasidir.
Afzalliklari
: past narx, tezkor javob vaqti.
Kamchiliklari
: juda katta ko‘rish burchaklariga ega emas,
kontrastning pastligi, mukammal qora rangni olishning iloji yo‘qligi,
rangni yetkazib berish (цветопередача) yaxshi emasligi hisoblanadi.
Bunga qo‘shimcha ravishda, agar nazorat nozik plyonkali tranzistorlardan
biri ishlamay qolsa, yonish nuqtasi paydo bo‘ladi (masalan, IPS yoki
MVA texnologiyasidan foydalangan holda tayyorlangan matritsadan
farqli o‘laroq, bu yerda “singan” piksel porlamaydi, lekin qora rangda
bo‘ladi). TFT TN texnologiyasi doimiy va sanab o‘tilgan kamchiliklar
asta-sekin yo‘q qilinmoqda.
Tavsiyalar:
ofis uchun budjet modellari, uy uchun universal
modellar, geymerlar uchun modellar (tez javob vaqti bilan).
64
TN texnologiyasining bir turi mavjud –
|