Atom tuzilishi tarixi va uning modellari




Download 74,47 Kb.
bet10/12
Sana06.12.2023
Hajmi74,47 Kb.
#112752
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Zoxidov I. O., Soyipov J. J-fayllar.org (1)

5. Atom tuzilishi tarixi va uning modellari. 
Davrlar osha bilim, tajribalarning kengayishi va chuqurlashishi natijasida
ilmiy tekshirishlar tabiatning yangidan-yangi sirlarini ocha bordi hamda bilish
jarayoni cheksiz davom etib kelmoqda.
Qadimgi grek faylasuflari: Demokrit, Levkipp, Epikur va boshqalar tabiat
hodisalarini kuzatib, dunyodagi hamma narsalar atomlardan iborat deb gipoteza
yaratganlar. U zamon fani ibtidoiy bo’lganidan bu gipotezani kuzatish yoki tajriba
yo’li bilan isbotlashga imkon bo’lmagan. Shuning uchun Demokritning bu fikri
2000 yildan ortiq davr fanda gipoteza sifatida qolib kelgan. XVII asrga qadar
qadimgi mutafakkirlarning ta’limotiga deyarli hech qanday yangilik kiritilmagan.
Atom ta’limotini dastlab R.Broyl va I.Nyuton, M.V.Lomonosov, D.Dalton,
A.Avagadro, I.Loshmidt kabi olimlar fizikaviy-kimyoviy hodisalarni tekshirishda
ancha mukammallashgan asboblar va ilmiy usullar qo’llash natijasida
rivojlantirdilar. Shu davrdan boshlab fanda atom gipotezasidan foydalanish va uni
kengaytirish, mukammallashtirish ishlari yildan-yilga avj oldi.
Xususan XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshida A.G.Stoletov,
P.N.Lebedev, Maksvell, J.Tomson, Gelmgols, Boltsman va boshqa olimlar
narsalarning atom tuzilishi to’g’risida ko’p tadqiqotlar o’tkazib, atom
gipotezasining to’g’riligini tasdiqlab, uni nazariyaga aylantirishda katta hissa
qo’shdilar. Hozirgi vaqtda bu sohada eksperimental va nazariy tekshirishlar shu
darajada taraqqiy etdiki, hatto atomning ham tuzilishi murakkab ekanligi ma’lum
bo’ldi. Atomning elektronlar va murakkab yadrolardan iborat ekanligi aniqlandi.



27
1905 yili ingliz fizigi J.Tomson atom tuzilishi to’g’risida quyidagi fikrlarni


aytdi. “Atom – musbat zaryad bilan to’lgan sharchadir. Bu sharchaning hajmida
har biri manfiy zaryadning eng kichik bo’lagiga ega bo’lgan elementar zarrachalar
– elektronlar bir tekisda tarqalgan. Elektronlar zaryadining yig’indisi atomning
butun hajmiga tekis tarqalgan musbat zaryadga teng”. Atomning bu modelini to
ingliz fizigi Rezerford atom tuzilishini o’rganish sohasida ajoyib tajribalar
o’tkazganiga qadar hamma e’tirof etib kelgan.
Atomning J.Tomson taklif etgan dastlabki modeliga asosan, moddadan
musbat zaryadli zarralar, masalan,

zarralar
deyarli o’ta olmasligi kerak edi.
Ammo Rezerford o’tkazgan tajribalar butunlay teskari hodisani, ya’ni

zarralar
ko’p hollarda modda qatlamidan o’tib ketayotganini va tekshirilayotgan modda
qatlami orqasiga qo’yilgan ekranda stsintillyatsiya kuzatilishini ko’rsatdi.
Tajribalarning natijasiga qarab Rezerford atomning J.Tomson taklif etgan modelini
qayta qarab chiqishga majbur bo’ldi. Chunki Rezerford o’tkazgan tajribalar
natijalari J.Tomson nazariyasiga qarama-qarshi bo’lib chiqdi.
Rezerford tajribalaridan so’ng atomning “planetar” modeli deb atalgan
yangi modelini N.Bor taklif qildi va bu modelni hamma olimlar e’tirof etdilar.
Atomning planetar modeli, elementlarning kimyoviy xossalari nuqtai nazaridan
qaraganda elementlarning davriy jadvaliga batamom muvofiq kelganga o’xshaydi,
biroq bundan keyingi tekshirishlar planetar modelni bir qadar oydinlashtirish zarur
bo’lib qolganligini ko’rsatdi. Keyingi tekshirish va natijalar atom yadrosi, uning
tarkibi, yadroning proton bilan neytronlardan tuzilish modeli, elementlarning atom
og’irliklari va ularning Mendeleev jadvalidagi tartib raqami orasidagi tafovutni
bartaraf qildi.
Yuqoridagilarga asosan o’quvchilarga atom modellarining evolyutsion
tarzda rivojlanib kelganligini va ularning qisqacha izohlanishini ko’rsatib berish
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Chunki ularning tuzilishi haqidagi
ma’lumotlar adabiyotlarda berilgan bo’lsada, evolyutsion rivojlanib kelgan
bilimlarning tasavvurga keltirish uchun atom modellari shakllari berilgan emas va
biz ularni qo’llanmalarga kiritilishini tavsiya etamiz.



28


Download 74,47 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 74,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atom tuzilishi tarixi va uning modellari

Download 74,47 Kb.