Atom tuzilishini o’qitilishi va nomuvofiqlar




Download 74,47 Kb.
bet9/12
Sana06.12.2023
Hajmi74,47 Kb.
#112752
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Zoxidov I. O., Soyipov J. J-fayllar.org (1)

4. Atom tuzilishini o’qitilishi va nomuvofiqlar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asosan umumiy o’rta maktab, akademik
litseylarning fizika, matematika va kimyo yo’nalishlarining dasturlarida atom
fizikasini o’rganishga alohida e’tibor berilgan bo’lib, undagi mavzular ketma-
ketligi atomning zamonaviy tasavvurini yuzaga keltirishda muhim asos bo’ladigan
qilib tanlangan.
Shunga asosan, fizika kursining mazmuni fizika fanining taraqqiyotiga
bog’liq bo’ladi. Fizika kursiga fan yutuqlari qanchalik ko’proq kiritilsa, uning
mazmuni ham boyib boradi. Bu o’z navbatida fizika o’qitish metodikasini
takomillashtirib borishni talab qiladi. Fizika o’qitish metodikasi qanchalik
takomillashtirilsa, o’quvchilarning fizikadan bilim egallashi shunchalik yaxshilanib
boradi. Fan va texnika yutuqlarini fizika kursiga kiritishga bo’lgan talab doimo
ortib borgan va bundan keyin ham ortib boradi. Fizika kursida atom tuzilishi va



24
yadro fizikasiga oid materiallarni o’rganishga bo’lgan zaruriyatning ortib


borganligini fizika o’qitish tarixidan ko’rish mumkin.
Fanning rivojlanishi, tabiat hodisalarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarning
oshib borishi va fan yutuqlarini amaliyotda qo’llanishi natijalari - elektronika
ravnaqi mikroelektronikadan nanoelektronikaga o’tilayotgan bir paytda atom
tuzilishi haqidagi bilimlar majmuini maktab o’quvchilariga o’rgatishni taqozo
qiladi. Ma’lumki 1940 yilning oxirlaridan boshlab dasturga atom tuzilishini
o’rganish kiritilgan. Keyinchalik, atom energetikasining rivojlanishi hisobiga atom
yadrosi, radioaktivlik, yadro reaktsiyalari, izotoplar, radioaktiv izotoplarning
qo’llanishi, uran yadrosining parchalanishlari kabi Xalqaro tushunchalar kiritildi.
Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standarti o’quvchilar umumta’lim
tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab
beradi. Shunga ko’ra, maktab fizika kursida atom tushunchasi birinchi marta 6-
sinfda moddalarning tuzilishini o’rganishda qaralib, barcha moddalar
molekulalardan, ular esa o’z navbatida atomlardan tashkil topgan deyiladi. So’ngra
8-sinfda atom tuzilishi to’g’risida dastlabki ma’lumotlar berilib, u elektron, proton
va neytronlardan iboratligi hamda atomning yadro modeli haqidagi tushunchalar
kiritiladi.
9-sinfda esa atom tuzilishi haqidagi dastlabki tushunchalar kengaytiriladi
(atomning sayyoraviy modeli, Tomson modeli, Rezerford tajribalari) va
chuqurlashtiriladi.
Akademik litseylar uchun fizika fanidan yangi o’quv dasturida kvant fizika,
atom fizikasi va yadro fizikasi bo’limlari alohida berilgan. Kvant mexanikasi
bo’limiga katta e’tibor berilgan bo’lib bunda: mikrozarralarning xossalari, de-
Broylь to’lqini, zarra - to’lqin dualizmi, elementar zarralar «bog’i» haqida (kvark-
lepton simmetriyasi, elektrozaif va kuchli o’zaro ta’sirlar) tushunchalarni hozirgi
zamon tasavvurlari asosida tanishtirish mo’ljallangan.
Dasturni tuzishda umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6-9 sinflarida
fizikadan o’tilayotgan materiallar hajmi, saviyasi hisobga olingan.



25
O’quv vaqtining salmoqli qismida fizikaning barcha bo’limidan masalalar


va test vazifalarini yechish hamda laboratoriya ishlarini bajarish ko’zda tutilgan.
Akademik litseylar uchun fizika fani uch qismga bo’lib o’rganiladi.
1. Mexanika va molekulyar fizika (1-kurs).
2. Elektrodinamika asoslari (2-kurs).
3. Tebranishlar va to’lqinlar. Optika, atom va yadro
fizikasi (3-kurs).
Hozirgi kunda atom tuzilishiga doir materiallar yuqorida bayon etilganidek,
6-9 sinf fizika darsliklarida o’rganiladi. 7-9 sinf kimyo darsliklarida esa
atomlarning elektron qobig’i tushunchalari, yadro haqidagi, elektron bulut, atom
orbitallar haqidagi tushunchalar o’rganiladi. Atom va yadro fizikasi haqidagi
materiallarning fizika va kimyo kurslari strukturasida berilishi materiallarni ikkita
gruppaga bo’lib o’rganishni taqazo etadi:
1. Atom tuzilishi va atomning elektron qobiqlari xossasiga
doir materiallar (bu materiallar fizika va kimyo kursida o’rganiladi).
2. Atom yadrosi tarkibi va uni xossalariga doir materiallar
(bu materiallar fizika kursida o’rganiladi).
Atom, yadro tuzilishlari asosida o’rganiladigan juda ko’p fizik hodisalar
kimyoviy elementlar davriy qonuni bilan bog’langan.
Shuning uchun o’quvchilar elementlar davriy sistemasining to’liq mohiyati,
ular o’rtasidagi ichki bog’liqlik va muhim farqlar asosida ularning yadrolarining
zaryad soni va boshqalarni o’rganadilar.
Elektronlardan iborat bo’lgan qobiq tuzilishining kvant-mexanik
qonunlarini yoritish va bu qonuniyatlardan (kvant sonlari o’rtasidagi o’zaro
bog’lanish, atom orbitallar energiyasining diskretligi, elektron bulut, spin...) keng
foydalangan holda elementlarning davriy sistemadagi o’rni haqidagi
tushunchalarga ega bo’ladilar.
Yuqoridagilarga asosan, fizik va kimyoviy hodisalarni o’zaro bog’lanishda
o’rganish lozimligini taqazo etadi.



26
Umuman olganda atom, yadro fizikasi fizika va kimyo darsliklarida o’zaro


bog’lanmagan holda bayon etilgan, bundan tashqari bu bo’limlar darsliklarda ham
ilmiy-metodik jihatdan hozirgi zamon talabi asosida yoritilmagan. Bu esa maxsus
uslubiy ko’rsatmalarni yaratish lozimligini ko’rsatadi.

Download 74,47 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 74,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atom tuzilishini o’qitilishi va nomuvofiqlar

Download 74,47 Kb.