9
maqola, ilmiy adabiyot va to`plamlar, berilgan iqtiboslarni qabul qilingan
qoidalardan chetga chiqmagan holda keltirilganligi bilan ham muhim ahamiyatga
ega.
Kurs ishi o`z hajmiga ko`ra komp’yuterda 25 – 30 betni, qo`lyozmada 35 –
50 betni tashkil etadi. Odatda kurs ishi talaba tomonidan qo`lyozma shaklda
yoziladi. Istisno tariqasida kafedra, dekanat ruxsati bilan komp’yuterda ham
yozilishi mumkin. Kurs ishi belgilangan hajmiga
foydalanilgan material va
adabiyotlar ro`yxati hamda ilovalar kirmaydi. Kurs ishida keltiriladigan iqtiboslar
tartib-qoidasi ushbu qo`llanmada referat, kurs ishi, malakaviy bitiruv ishi,
magistrlar dissertatsiyasi uchun bir xil belgilangan.
Kurs ishini yozish quyi va yuqori bosqich talabalari uchun bir-biridan farq
qiladimi? Albatta, 1-bosqichni bitirayotgan talaba bilan 2, 3-
bosqichni
tugatayotgan talaba nazariy, amaliy bilimlar, mushohadalar nuqtai nazaridan
o`zaro farq qiladi. Shuning uchun ham quyi bosqichdagi talabalardan kurs ishi
yozish jarayoniga
jalb etishdagi talablar, ma`lum darajada, yuqori bosqichdagi
talabalarnikidan farqlanadi.
Quyi bosqich talabalaridan kurs ishiga oid asosiy talablar quyidagicha:
– kurs ishi mavzusidan kelib chiqib, maqsad va vazifalarni aniq va to`g`ri
belgilash;
– mavzuga oid adabiyotlarni mustaqil o`rganish;
– adabiyotlarni turlarga ajratish;
– mavzu maqsad va vazifasidan kelib chiqib, adabiyotlarga tavsif berish;
– aniq yo`nalishli reja tuzish va mavjud materiallarni taqsimlash;
– mavjud adabiyotlarni tanqidiy o`rganish va tahlil qilish;
– ilgari surilayotgan fikr-mulohazalarni asoslash;
– kurs ishini ilmiy jihatdan to`g`ri rasmiylashtirish.
Quyi bosqich talabalaridan qilinayotgan asosiy
talablarga nisbatan yuqori
bosqichdagi talabalar uchun qo`shimcha vazifalar quyidagilardan iborat:
– mavzuning dolzarbligi va nazariy ahamiyatini asoslash;
– mustaqil ravishda material, adabiyotlarni o`rganish va qayta tiklash.
10
Yuqori bosqich talabalari kurs ishini yozishda nazariy bilimlari,
dunyoqarash kengligini, ilmiy mushohadasi shakllanayotgani va eng asosiysi,
mustaqil tarzda ilmiy tadqiqot ishini olib borishga tayyorgarlik ko`rganliklarini
ko`rsata olishlari kerak. Kurs ishi muvaffaqiyatida
talabaning aqliy, ilmiy
salohiyati ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishi matnida asosiy qism, ya`ni kirish va xulosadan tashqari, umumiy
hajmining 2/3 qismiga to`g`ri kelishi kerak.
Kurs ishi yozib bo`linganidan keyin ilmiy rahbar ko`rigiga beriladi va
so`ngra tegishli kafedraga topshiriladi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, kurs ishi
belgilangan muddatda ilmiy rahbarga va keyin
kafedraga topshirilishi kerak, aks
holda talaba o`quv rejasini bajarmagan hisoblanadi.
Shunday qilib, kurs ishi yozish jarayonida talaba avvalo mustaqil ilmiy
tadqiqot olib borishga jalb qilinadi. Kurs ishlari oxir-oqibatda talabadan mustaqil
adabiyotlar tahlili bilan shug`ullanish, manbalarni tahlil qilish, maxsus kurs va
tegishli predmetlarda o`tilgan mavzularni chuqur, ilmiy asosda o`rganish va yozma
ravishda ifoda qilishga ma`lum bir ko`nikma hosil qiladi.
Kurs ishini yozishda asosiy masala dalillarni yig`ishdangina iborat bo`lib
qolmasligi kerak. Eng muhimi va qiyini kurs ishi mavzusi bo`yicha yig`ilgan
materiallarni muvaffaqiyatli umumlashtirish, bir tizimga solishdan iborat. Kurs ishi
yozish jarayonida kerakli adabiyotlarni yig`ish va dalillar to`plashga e`tibor
birinchi o`ringa
chiqsa ham, kurs ishini bevosita yozishga kirishilganda asosiy
vazifa mavjud materiallarni ahamiyatga molik yoki unchalik shart bo`lmagan
guruhchalarga ajratib olish hisoblanadi. Shundan keyingina kurs ishini materiallar
asosida yozishga kirishish mumkin.
11
Kurs ishi titul varag’i