• MAVZUGA OID ADABIYOTLAR, MATERIALLARNI TO`PLASH VA QAYTA ISHLASH
  • KURS ISHI REJASINI TUZISH VA MAVZUNI YORITISH




    Download 74,47 Kb.
    bet3/12
    Sana06.12.2023
    Hajmi74,47 Kb.
    #112752
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Zoxidov I. O., Soyipov J. J-fayllar.org (1)

    KURS ISHI REJASINI TUZISH VA MAVZUNI YORITISH 
    Kurs ishi mavzusi bo`yicha adabiyotlar, manbalar bilan tanishish jarayonida
    kengaytirilgan ish rejasi tuziladi. Mavzuga oid adabiyotlar va tegishli manbalar
    yig`ilgandan keyin reja tuzilib, shu asosda kurs ishini yozishga kirishiladi. Kurs
    ishi rejasi talabaga mavzuni to`laqonli va asosli tarzda yoritishga, boblar,
    paragraflar oralig`idagi mantiqiy davomiylikka yordam beradi. Albatta, kurs ishi
    rejasi mavzu bo`yicha adabiyot va manbalarni yig`ish, qayta ishlash jarayonida bir
    necha marta o`zgarishi, aniqlik kiritilishi, to`ldirilishi mumkin. Shuning uchun ham



    7
    kurs ishi bo`yicha dastlab ish rejasi yoki kengaytirilgan ish reja tuzib, mavjud


    materiallar qayta ishlangandan keyin haqiqiy reja tuzilishi mumkin.
    Reja kurs ishi mavzusi qanday ekanligidan kelib chiqib tuziladi va bu
    tegishli mavzuga oid bo`ladi. Ammo har qanday kurs ishi mavzusini yoritishda
    quyidagi bo`limlar mavjud bo`ladi:
    1. Kirish.
    2. Asosiy qism (bob va paragraflar bo’lishi mumkin).
    3. Xulosa.
    4. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
    Kurs ishining kirish qismida ushbu mavzu dolzarbligi, maqsad va vazifalar
    qisqacha asoslab beriladi. Kurs ishining asosiy qismi boblarga – paragraflarga,
    bo`limlarga bo`linishi va tegishli tarzda yoritilishi mumkin. Xulosa qismida esa
    talaba o`zi amalga oshirgan ilmiy tadqiqoti – kurs ishida ko`tarilgan masalalarni
    umumlashtiradi va mantiqiy yakunlashga erishadi. Foydalanilgan adabiyotlar
    ro`yxati qabul qilingan qoidalar asosida keltiriladi.
    MAVZUGA OID ADABIYOTLAR, MATERIALLARNI TO`PLASH 
    VA QAYTA ISHLASH 
    Kurs ishi yozish jarayonida talabalar o`zlari tanlagan mavzusiga oid
    adabiyotlar, materiallarni to`plash va ularni qayta ishlash jarayonida kutubxona va
    zarur hollarda, tegishli internet saytlarida ishlaydilar. Talaba zimmasiga olgan
    dastlabki vazifalar qatoriga tanlangan mavzu bo`yicha O`zbekiston Respublikasi
    Prezidenti
    farmoni,
    asarlari
    hamda
    O`zbekiston
    Respublikasi
    Vazirlar
    Mahkamasining qarori, farmoyishi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonuni,
    qarori yoki o`zgacharoq ifodalaganda mavzuga taalluqli rasmiy adabiyotlar mavjud
    yoki mavjud emasligini aniqlash kiradi. Keyin tanlangan mavzudan kelib chiqib,
    mavzuga bevosita yaqin adabiyotlarni o`rganishga kirishiladi. Chunki har bir kurs
    ishi yozishga kirishgan talaba tanlagan mavzusi bo`yicha mavjud adabiyotlar,
    materiallarni chuqur o`rgangani, keyingi yillarda bu borada qanchalik oldinga



    8
    ketganini yoki oqsayotganini asoslay olishi zarur. Bu o`z navbatida, talabalar


    tomonidan yoziladigan kurs ishi, o`zining tutgan o`rniga ko`ra, talabaning yuqori
    darajada nazariy bilimlaridan dalolat berishi zarur. Shuningdek, talaba tanlagan
    mavzusini yoritishda egallagan nazariy bilimi, voqea va hodisalar, shaxslar hamda
    tarixiy sanalarga tanqidiy yondashuvini, mavzuga oid adabiyot hamda materiallarni
    to`plab, ularni har tomonlama tahlil qilib, xolisona fikr bildirishi hamda ilmiy
    asoslangan xulosa qila olishini ko`rsata bilishi kerak.
    Kurs ishi bo`yicha adabiyotlarni to`plashda adabiyotlar xilma–xilligi
    nisbatan oz bo`lishi tabiiy va shundan kelib chiqib davriy matbuot materiallari,
    internet materiallariga, ilmiy maqolalar, to’plamlar, dissertatsiyalar va boshqalarga
    murojaat qilish mumkin. Demak, kurs ishi mavzusini yoritishda mavjud
    adabiyotlardan, davriy matbuot materiallaridan tashqari internet materiallaridan
    ham foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Chunki internet materiallari orqali kurs
    ishi mavzusiga oid respublikamizda chop etilgan adabiyotlar bilan birga xorijda bu
    mavzu yoritilishi, amalga oshirilayotgan tadqiqot mavzusi yoki unga yaqin qanday
    ilmiy izlanishlar olib borilayotgani to`g`risida ma`lumotlarni ham topish mumkin.
    Mavzu bo`yicha adabiyotlar, manbalar to`plashga kirishgan talaba o`zi uchun
    alohida papka tutishi maqsadga muvofiq.
    Albatta, ijodiy yondashib, buni komp’yuterda ham bajarish mumkin. Bundan
    tashqari adabiyotlar, davriy matbuot materiallarini turlarga bo`lib, ma`lum bir tizim
    asosida bo`laklarga ajratib olsa ham bo`ladi. Tartibli, ma`lum bir tizimga
    asoslangan holda adabiyotlarni o`rganish, tegishli materiallarni tahlil qilish va
    ularning qiyosiy tahlili asosida kurs ishining rejasini tuzishga kirishish mumkin.

    Download 74,47 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 74,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KURS ISHI REJASINI TUZISH VA MAVZUNI YORITISH

    Download 74,47 Kb.