1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Zoxidov I.O., Soyipov J.J.
KURS ISHI
USLUBIY KO’RSATMA
Namangan - 2020
2
ANNOTATSIYA
Kurs ishi referat yozishga nisbatan keng qamrovli bo’lib, ilmiy tadqiqot yo`nalishidagi
o`rni, talabada mustaqil ravishda o`quv dasturlarini o`zlashtirish
hamda ilmiy mushohadani
shakllantirish va ko`nikmalar hosil qilishidagi o’rni bilan ajralib turadi. Kurs ishi talabalarda
nazariy bilimlarni kengaytirish va amaliy bilimlarni chuqur egallashga undaydi.
Ushbu uslubiy ko’rsatmada kurs ishlarini yozish tartibi, kurs ishi rejasini tuzish va
mavzuni yoritish, mavzuga oid adabiyotlar, materiallar to’plash
va qayta ishlash, kurs ishini
rasmiylashtirish va uning titul varag’i, kurs ishi namunasi hamda fizika o’qitish metodikasi
fanidan kurs ishi yozish uchun tavsiya etilayotgan mavzular berilgan.
Taqrizchilar: Namangan davlat universiteti Fizika kafedrasi dotsenti,
fizika-matematika fanlari nomzodi M.Ergasheva,
Namangan muhandislik texnologiya instituti Fizika kafedrasi
dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi M.Nuriddinova.
Namangan davlat universiteti O’quv-uslubiy kengashida muhokama qilingan va
nashr etishga ruxsat berilgan
Bayonnoma № ___ _________ 2020 yil.
© Namangan davlat universiteti 2020 yil
3
KIRISH
Fizika fanini o’qitishdan maqsad - yuqori malakali mutaxassislarni
tayyorlash uchun o’qitish metodikasi, fanni o’qitishda innovatsion texnologiyalarni
qo’llash ya’ni pedagogik
va axborot texnologiyalaridan, ko’rgazmali vositalardan
foydalana olish malaka va ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek,
fizika fanining shakllanishi va rivojlanishini o’rganish, fanga tegishli tarixiy aniq
ma’lumotlarni topish va oydinlashtirish, tarixiy ishonchli materiallarni taxlil qilish,
fizikaviy qonunlarni o’zaro bog’liqligini ochish hamda fizika fanini rivojlanishini
boshqaruvchi qonunlarni aniqlashdan iborat.
Fizikadan bilimlarni chuqurlashtirish, o’quvchilarning
har tomonlama
qiziqishini va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning mutaxassislikka yo’naltirishni
ko’zda tutadi. Tavsiya etilayotgan ushbu uslubiy ko’rsatma talabani mustaqil
ishlashga va mustaqil fikrlashga o’rgatadigan eng asosiy omillardan biri bo’lgan
kurs ishlarining mazmuni, maqsadi, bajarilishi va yozilishi bo’yicha ba’zi fikr
mulohazalarimizni hamda namuna sifatida bitta mavzuda kurs ishi bayon
etmodchimiz. Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari, xususan, kurs ishlari, ular olib
boradigan mustaqil ishlarning eng, oliy shakllaridan biri bo’lib, u barcha turli imiy
tadqiqot ishlari orasida talabalar uchun majburiy hisoblangan birinchi mustaqil ish
higsoblanadi. Talabalar kurs ishlarini bajarishlarida mustaqil izlanishda bo’lib, ular
fan oldida paydo bo’lgan muammolar haqida, uni
hal qilish maqsadida turli
olimlarning yondoshganlari, taxminlari, bahslari, gipotezalarini tekshirishdan, bu
tekshirishlar qanday natijalarga olib kelgani bilan tanishadilar hamda bu olgan
ilmiy va metodik bilimlarini kelgusidagi o’z
ish faoliyatlarida bevosita
qo’llaydilar.
Agar talaba oliy o’quv yurtida mustaqil ilmiy ish olib bormagan bo’lsa yoki
bu kabi ishlarni e’tiborsiz bajargan bo’lsa, u kelajakda olgan nazariy bilimlarini o’z
kasb-sohalarida va turmushga tatbiq etishda juda ham qiynaladi.
Shunday ekan, barcha talabalarni mustaqil ilmiy ishga jalb etuvchi vosita
hisoblangan kurs ishining bajarilishiga bo’lgan talabni kuchaytirish, bu ishlarni
4
ilmiy asosda tashkil etish va unga rahbarlik qilish masalalariga alohida e’tibor
berish lozim. Kurs ishlarini fizika ixtisosligini egallovchi barcha talabalar
o’zlarining qobiliyat va qiziqishlariga qarab turli mavzularda yozadilar. Shuning
uchun ham kurs ishlari mavzularini tuzishda turli
maqsadlar nazarda tutilgan
bo’ladi. Tajribaga qiziqqan talabalar odatda eksperimental xarakterdagi,
o’qituvchilik kasbiga moyil bo’lganlari metodik, boshqalari esa referativ
xarakterdagi ishlarni tanlab oladilar. Kurs ishidan nazarda tutilgan asosiy maqsad
yuqori malakaga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashdir. Shuning uchun ham
ko’pchilik tavsiya qilinadigan mavzularda talabalarning kasbiy yo’nalishlarini,
kelgusi ishlarida qo’llanilishi nazarda tutishi kerak.
Eksperimental xarakterga ega bo’lgan ayrim ishlar kafedradan,
qolaversa
universitetdan tashdarida, ilmiy tekshirish institutlarida ham o’tkazilishi mumkin.
Ilmiy tekshirish institutlari bilan shu yo’sinda hamkorlikda bo’lish, ilmiy tekshirish
institutlarining ilmiy muammoli masalalari, ilmiy xodimlarning ilmiy-amaliy
faoliyati bilan ya'qindan tanishish talabalar, ularning rahbarlari, kafedralar va ilmiy
tekshirish institutlari uchun ham katta ahamiyatga ega.
Talabalarning referativ xarakterdagi ishlari fizika tarixiga, ayrim nazariy
masalalarni
umumlashtirishga, mashhur fizik olimlarning hayotiy, ilmiy faoliyati
va ularning fizika faniga va ishlab chiqarishga qo’shgan hissalarini yoritishga va
hokazolarga qaratilgan bo’ladi.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga to’gri jalb etish,
ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishlari va uni rivojlantirish. talabalarning
ijodiy faolligini, fanga jiddiy qiziqishini uygotishda asosiy vositalardan biri bo’lib
xizmat qiladi,
Mustaqil ijodiy mehnat, talabalarni qiziqtirayotgan ilm va texnika sohasi
hamda professional orientatsiyasiga bo’lgan qobiliyatini o’stirish
imkoniyatini
tug’diradi.