12
Kurs ishi namunasi
MAVZU: FIZIKADA FANLARARO ALOQADORLIK ASOSIDA
ATOM TUZILISHI VA UNING MODELLARINI OCHIB BERISH
REJA:
1. Kirish.
2. Umumiy o’rta ta’lim maktabi fizika kursida atom tuzilishining o’qitilishi.
3. Umumiy o’rta ta’lim maktabi kimyo kursida atom tuzilishining o’qitilishi.
4. Atom tuzilishini o’qitish va nomuvofiqlar
5. Atom tuzilishi tarixi va uning modellari.
6. Xulosa.
1. Kirish.
Dunyo
miqiyosida
fanlararo
integratsiyaga
intilishlar
kuchayib
borayotganligi ta’lim sistemasini yangicha shiddat bilan rivojlantirishni taqazo
qilmoqda. Ana shunga asosan fanlararo o’qitish metodikasini ishlab chiqish va uni
ta’lim sistemasiga joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fanlararo aloqalar predmetlarni har
taraflama chuqur o’rganishning muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi. Fanlararo
bog’lanishdan foydalanish bir xil materiallarni takrorlamaslikka va buning evaziga
vaqtni tejashga, tejalgan vaqtning hisobiga amaliy masalalarni ko’proq yechishga,
fandagi yangiliklarni mavzu bo’yicha yetkazishga bo’lgan imkoniyatlarni vujudga
keltiradi. Shuningdek fanlararo aloqalar tabiat qonunlarini bir butunlikda
o’rganishga, turli predmetlar bo’yicha bilimlarni mustahkalash va ilmiy
dunyoqarashni to’g’ri shakllanishiga yordam beradi.
O’qituvchi avvalo o’z fanini, uning asoslarini yaxshi bilishi kerak.
Shuningdek fanning mohiyatini, hozirgi ahvoli, uning rivojlanish bosqichlarini,
boshqa fanlar va ijtimoiy munosabatlar bilan aloqasini bilishi kerak.
Fanlararo bog’lanishga xos xususiyat, eng avvalo mashg’ulotdan ko’zlangan
maqsad va vazifalarga qarab belgilanadi. Uning muvoffaqiyati esa o’qituvchining
bilimiga, mahoratiga, darsni to’g’ri tashkil etilganiga, mashg’ulotni tashkil etish
13
uslubiga bog’liq bo’ladi. Albatta bu yerda o’qitishning zamonaviy usullari,
pedagogik texnologiyalar, o’qitishning interfaol usullari, o’quvchilarni o’ziga
ergashtira olishi hamda ularni mustaqil ishlay olishlarini tashkillanishi katta
ahamiyatga egadir.
Ushbu kurs ishi o’z oldiga atom tuzilishini umumiy o’rta ta’lim maktabi
bo’yicha fizika va kimyo kurslarida fanlararo bog’lanish orqali o’rgatish
metodikasini qo’yadi.
Fanlararo aloqalar mantiqan ketma-ketlik asosida bir fandan olgan bilim
va ko’nikmalar bo’yicha ikkinchi o’rganiladigan fanda mustahkamlanadi hamda
rivojlantiriladi.