6
tanlangan mavzu birinchi navbatda talabaning o`zida ma`lum bir qiziqish
uyg`otishi kerak. Bu qiziqish talabaning o`qish davomida olgan nazariy bilimlari
va shuningdek, tegishli fan bo`yicha ma`ruza, amaliy mashg`ulotlar
olib borgan
professor-o`qituvchi va kurs ishi bo`yicha ilmiy rahbari etib tayinlangan ustozining
maslahatidan ham kelib chiqadi. Albatta, talaba tomonidan tanlangan kurs ishi
mavzusi tegishli kafedra bilan kelishgan holda amalga oshirilib, keyin tasdiqlanadi.
Talaba tanlagan kurs ishi mavzusini o`zgartirishi mumkinmi? Buning uchun talaba,
birinchidan, mavzuni nega o`zgartirayotganini asoslay olishi (masalan, o’zi
qiziqqan yoki izlanish olib borayotgan mavzu (yo’nalish) bo’lishi mumkin),
ikkinchidan, bu haqda ilmiy rahbari va tegishli kafedra roziligi, uchinchidan, kurs
ishi mavzusi tanlanganidan keyin dastlabki kunlardayoq
shu xulosaga kelishi
kerak. Demak, talaba o`zboshimchalik bilan kurs ishi mavzusini o`zgartirishi
mumkin emas. Shuning uchun har bir talaba dastlabki kurs ishi mavzusini
tanlashda har tomonlama o`ylab, sinchkovlik bilan o`rganib, ilmiy rahbari
maslahatini olibgina masalaga yondashish zarur. Shuni esdan chiqarmaslik
kerakki, kurs ishlarini muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun darslik, o`quv
qo`llanma va bir – ikkita risolaning bo`lishigina etarli emas. Kurs ishi o`z
qamroviga ko`ra keng miqyosdagi adabiyotlar, qo’llanmalar, ilmiy va uslubiy
manbalarni qamrab olishi lozim.