• Kurs ishining maqsadi
  • Kurs ishi mavzusining dolzarbligi




    Download 74,47 Kb.
    bet6/12
    Sana06.12.2023
    Hajmi74,47 Kb.
    #112752
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Zoxidov I. O., Soyipov J. J-fayllar.org (1)

    Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Fizika va kimyo fanlari bo’yicha
    fanlararo bog’lanishning mukammal emasligidan ba’zi bir tabiat qonunlari qaysi
    fan o’qituvchisi tomonidan o’rgatilishiga qarab, turlicha tasavvurga olib kelishi
    mumkin. Atom modeli shunday hollardan biridir. Kimyo darsliklarida atomni
    to’g’ridan-to’g’ri elektron bulut tushunchasidan foydalangan holda taklif
    qilinadiki, bunda bulutning yuzaga kelishi tabiatini ochmagan holda s, r, d, f...
    kabi orbitalar formalaridan keng foydalaniladi. Oqibatda, o’quvchilar ongida
    atom tasavvuri kimyo o’quvchisi uchun bir xil, fizika o’quvchisi uchun ikkinchi
    xil shakllanadi. Lekin, har ikkala predmet darsliklarida ham atomning orbital
    modeli atom fizikasining boshlang’ich davridagi tushuncha elektron bulut
    tasavvuri esa, ancha keyingi, takomillashgan va elektron holatini atomda
    to’g’riroq ifodalaydigan model ekanligi ko’rsatib o’tilmaydi. Aksincha, atom
    modelini fizika kursida kimyodagiga nisbatan ancha keyin va tajribalar asosida
    o’rganilishi natijasida o’quvchilar tomonidan Bor atom modeli bulutli modeldan
    «keyin» yuzaga kelgan mukammal model sifatida qabul qilinib, kimyo kursini
    bu borada erishgan natijalarini mustahkamlash o’rniga shubha ostida qoldirishi
    mumkinligi e’tibordan chetda qoladi. Bizningcha, kimyo va fizika fanlari
    o’qituvchilarining hamkorligi orqali atom tasavvurini o’quvchilarda bir xilda
    shakllanishiga erishish zarur.



    14
    Kurs ishining maqsadi: umumiy o’rta ta’lim maktablarida atom


    tuzilishini o’qitishda ayrim nomuvofiqlar borki, bunda atom tuzilishi o’qitilishi
    bo’yicha kimyo kursida 8-sinfda, fizika kursida esa 9-sinfda o’qitiladi. Kimyo
    kursida fizikada beriladigan materiallarga tayangan holda atomni elektron bulut
    shaklidagi model ko’rinishida shakllantirib, keyin turli bog’lanishlarni
    tushuntirishga o’tib ketiladi. Fizika kursida bu bilimlar o’rganilgandan bir yil
    o’tib, atom tuzilishi Rezerford tajribalari asosida o’rganilib, o’quvchilar ongida
    atom tuzilishi planetar medel sifatida shakllantiriladi.
    Ayni bir ob’ekt bo’yicha
    ikkita fanda go’yoki ikki xil tasavvur shakllangandek bo’lib qoladi. Shuning
    uchun atom tuzilishini oqitish fanlararo aloqadorlik asosida olib borish va uning
    mohiyatini atom modellari evolyusiyasi misolida ochib berish maqsadga
    muvofiqdir.


    Download 74,47 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 74,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi mavzusining dolzarbligi

    Download 74,47 Kb.