29
5. Elektron bulut modeli.
Yadro bilan elektronlarning o’zaro ta’siri
orqali yuzaga keladigan
energiyaning diskret qiymatlariga mos keluvchi muayyan formalardagi elektron
bulutdan iborat sistema.
Atomda elektron o’zini bulut kabi namoyon etolmasligi haqida ham aytish
kerakki, bulut bo’la olish elektronga xos xususiyat emas va uni bulutga o’xshatib
tasavvur qilish mumkin. Bulut tushunchasining kiritilishi
atomdagi elektron
holatlarini aniqroq tasavvur etishimizga yordam beradi. Shunday qilib, «elektron
bulut» deganda yadro atrofidagi elektronning bo’lishi mumkin bo’lgan
joylar
ehtimolini ko’rsatuvchi nuqtalar zichligini tushunish kerak. Bu nuqtalar zichligi
shunday ko’rsatkichki, qaerda nuqtalar eng zich bo’lsa, o’sha sohada elekronning
topilish ehtimoli ko’proq, ya’ni elekronning harakati ko’proq
shu soha ichida
(orbitalda) ro’y beradi deb qarash kerak. Qisqa qilib aytganda elektron bulut
atomda elektronning harakat holatini baholaydigan tushunchadir.
XULOSA
Fizika o’qitish metodikasini
rivojlantirish xususan, fizika-kimyo fanlarini
o’qitishda
fanlararo
bog’lanishni
ta’minlash
o’quvchilar
bilimini
chuqurlashtirishga, mustahkamlashtirishga, fikrlash qobiliyatini o’stirishga va
uning dunyo qarashini kengaytirishga yordam beradi. Fanlararo bog’lanishlarning
turlari, shakllari va mazmunini namoyon qilish jarayonida o’quvchilarning boshqa
fanlarni qanday darajada o’zlashtirilganligi aniqlanadi va o’rganilayotgan
materiallarning mohiyatini to’la
va chuqur anglab, tushunib yetishni ta’minlaydi.
Shu asosda:
30
1. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika va kimyo kursida atom
tuzilishini o’qitilishini bayon etildi.
2.
Fizika
va kimyo kursilarida atom tuzilishini o’qitilishidagi
nomuvofiqliklarni aniqlandi.
3. Atom tuzilishi tarixini bayon etish orqali atom modellarini evolyutsion
tarzda ko’rsatib berildi.
Ta’lim mazmuni oddiydan murakkabga, xususiylikdan umumiylikka, tajriba
natijalariga asoslangan o’quv materiallari o’rnida
nazariy - amaliy xulosalar,
natijalar ustivorlik qilgan o’quv materiallari asosida takomillashtirilib,
rivojlantirilib boriladi. Ta’lim mazmuni va uni o’qitish metodikasining o’zaro
mujassam bo’lishi dars samaradorligining asosiy negizini tashkil etadi.