O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti texnologiya fakulьteti




Download 195,93 Kb.
bet2/37
Sana14.12.2023
Hajmi195,93 Kb.
#118658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.org
1-Mavzu, 6-7-mаvzu Munosаbаtlar. Binar munosabatlar va ularning matritsa, 2-Amaliy ish, 108877114UZ, Kompyuterni qurish uchun komponentlar, Педагогик технологиялар 11 бет, Президент асари - 5 ва 6-боб учун тақдимот, 1701930857 (3)
SO‘Z BOSHI 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida olib
borilayotgan tadbirlarning asosiy maqsadi – ta’lim tizimi islohatlarini hayotga tadbiq
etish, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, raqobatbardosh
mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati
uzluksiz ta’lim tizimi orqali yoshlarni intellektual, ma’naviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalash va har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi.
Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi (1997-2001 yillar) va
ikkinchi (2001-2005 yillar) bosqichi hamda uchinchi-sifat bosqichi (2005-2009
yillar) yakunlandi. O‘tgan vaqt mobaynida barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi
davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib, o‘quv jarayoniga tadbiq qilinmoqda.
Mafkuraviy hamda mazmun va mohiyati jihatidan eskirgan o‘quv
adabiyotlarining ma’lum qismi yangi ta’lim tizimining talab va ehtiyojlariga javob
bera olmay qoldi.
Milliy istiqlol g‘oyasiga sodiq, yetarli intellektual salohiyatga ega, ilm-fanning
zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan kadrlarni
tarbiyalashda hamda raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda
darslik va o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish muhim masala bo‘lib
qolmoqda.
Darslik va o‘quv adabiyotlarini mazmuni va mohiyati jihatidan talabalarda
mustaqil va erkin fikrlash, oldindan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish,
mukammallashtirib borish, mustaqil ta’lim olish, dolzarb yangi bilimlarni o‘quv
adabiyotlaridan izlab topish ko‘nikmalarini hosil qilishni ta’minlashi lozim.
Mazkur ma’ruzalar matnini tuzish jarayonida har bir bob yoki mavzuning
mazmuni tushunarli, ilmiy g‘oya va tushunchalar mohiyatini aniq va ravshan bayon
etishga hamda mavzularning bir-biriga mantiqan bog‘liqligi va ketma-ketligining
saqlanishiga e’tibor berdik.
Milliy istiqlol g‘oyasiga sodiq, intellektual salohiyatga ega, ilm-fanning
zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan kadrlarni
tayyorlashda «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish» fani texnologik jarayonlar
va ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yuqori darajaga
ko‘tarish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishda
xavfsizlik texnikasini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa dolzarb
muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, talabalarga o‘z
ixtisosliklarini nazariy hamda amaliy jihatdan chuqur egallashga yordam beradi.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish – texnika
taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq
kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi.
Shuningdek, avtomatlashtirish avvallo inson

boshqarishga qodir bo‘la olmagan yangi,


yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirishga, tabiatda ma’lum bo‘lmagan yangi,
samarali

materiallarni yaratishga imkon beradi.





4


Download 195,93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 195,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti texnologiya fakulьteti

Download 195,93 Kb.