Metrologiya – o‘lchashlar, uni ta’minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan




Download 195,93 Kb.
bet4/37
Sana14.12.2023
Hajmi195,93 Kb.
#118658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.org
1-Mavzu, 6-7-mаvzu Munosаbаtlar. Binar munosabatlar va ularning matritsa, 2-Amaliy ish, 108877114UZ, Kompyuterni qurish uchun komponentlar, Педагогик технологиялар 11 бет, Президент асари - 5 ва 6-боб учун тақдимот, 1701930857 (3)
Metrologiya
– o‘lchashlar, uni ta’minlash usullari va vositalari hamda talab
etilgan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan
.
Metrologiyaning asosini o‘lchashning
umumiy masalalari, fizik kattaliklar birligi va ularning tizimlari haqidagi
ma’lumotlar, o‘lchashning usul va vositalari, o‘lchash natijasining to‘g‘riligini
aniqlash usullari va hokazolar hosil qiladi. O‘lchashga doir fizik kattaliklar mexanik,
elektr, issiqlik, optik, akustik bo‘lishi mumkin. Bu kattaliklarning bir turi texnologik
jarayon rivojlanishining bevosita ko‘rsatkichi bo‘lsa, boshqalari shu jarayon bilan
funksional bog‘langan bo‘ladi.
Fizik hodisalarni o‘rganish va ulardan amalda foydalanish turli fizik kattaliklarni
o‘lchash, ya’ni ma’lumot olish bilan bog‘liq. Ma’lumot qancha to‘la va xolisona
bo‘lsa, fizik xodisalarning tub ma’nosini tushunish shunchalik chuqur bo‘ladi. Fizik
kattalikning muayyan qiymati texnologik jarayonning rivojlanishi hakidagi
ma’lumotning muhim qismidir. Turli usul va asboblar orqali ifodalangan texnologik
jarayonning holati haqidagi axborotlarni
ma’lumot
, ya’ni
informatsiya
deb bilamiz.
Informatsiyalar, asosan, o‘lchash asboblari va qurilmalari yordamida olinadi.
Fizik ob’yektning sifat jihatdan umumiy, lekin miqdor jihatdan har bir ob’yekt
uchun alohida xususiyati
fizik kattalik

deb ataladi. Shunday qilib, har bir fizik kattalik


aynan shu kattalikning sonli qiymati birligiga ko‘paytmasidan iborat bo‘lgan
individual qiymati bilan ifodalanadi.
Bir-biriga muayyan erksizlik bilan bog‘langan kattaliklar yig‘indisi
fizik 
kattaliklar tizimi
deyiladi. Fizik kattaliklar tizimi asosiy, qo‘shimcha va hosila
kattaliklardan iborat. Tizimga kirgan va boshqa tizimlarga nisbatan shartli ravishda
erkin hisoblangan fizik kattalik
asosiy fizik kattalik
deb ataladi.
Xalqaro birliklar tizimi – SI (Sistem International - SI) fan va texnikaning
barcha sohalari uchun fizik kattaliklarning universal tizimi bo‘lib, 1960 yilning
oktyabr oyida «O‘lchov va tarozilar» XI Bosh konferensiyasida qabul qilingan.
SI ning joriy etilishi shu tizimda nazarda tutilgan va uning tarkibiga
kirmaydigan (ammo hozir o‘lchov birliklari sifatida qo‘llanilayotgan) birliklarning
ilmiy-tadqiqot natijalarini hisoblashda, ishlab chiqarish vositalari va asbob
uskunalarini loyihalashda, qurilish hamda qurilgan ob’yektlardan foydalanishda,
shuningdek o‘quv-ta’lim ishlarida ko‘p qiyinchiliklar tug‘dirayotgan o‘lchov



7
birliklaridagi turli xillikka barham beradi. SI ning hozirgi qo‘llanilayotgan ayrim


o‘lchov tizimlariga nisbatan muhim afzalligi shundaki, u – universal; o‘lchov
birliklarini birxillashtirgan; asosiy, qo‘shimcha va o‘z hosilaviy birliklarini amaliyot
uchun qulay o‘lchamlarga mujassamlashtirgan; kogerent, ya’ni hosilaviy birliklar
o‘lchamlarini aniqlovchi fizik tenglamalardagi mutanosiblik koeffitsientlarini
tugatgan tizimdir. Uning tatbiqi bilan hisoblash tenglamalarining yozilishi ancha
soddalashdi.
Xalqaro birliklar tizimi (SI) da yettita asosiy va ikkita qo‘shimcha kattalik qabul
qilingan. Shuningdek, ular asosida ko‘pgina hosilaviy kattaliklar va ularning birliklari
ham tasdiqlangan. 1.1-jadvalda Xalqaro birliklar tizimi (SI) da ifodalangan asosiy va
qo‘shimcha hamda o‘quv jarayonida tez-tez uchrab turadigan muhim hosilaviy
kattaliklarning o‘lchov birliklari, belgilari keltirilgan.
1.1- jadval

Download 195,93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 195,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metrologiya – o‘lchashlar, uni ta’minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan

Download 195,93 Kb.