-MA’RUZA TEXNOLOGIK PARAMETRLARNI NAZORAT




Download 195,93 Kb.
bet3/37
Sana14.12.2023
Hajmi195,93 Kb.
#118658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.org
1-Mavzu, 6-7-mаvzu Munosаbаtlar. Binar munosabatlar va ularning matritsa, 2-Amaliy ish, 108877114UZ, Kompyuterni qurish uchun komponentlar, Педагогик технологиялар 11 бет, Президент асари - 5 ва 6-боб учун тақдимот, 1701930857 (3)
1-MA’RUZA
TEXNOLOGIK PARAMETRLARNI NAZORAT 
QILISH VOSITALARI 

O’quv moduli birliklari:
1.

Kimyo sanoati tarmoqlari korxona-larining samaradorligini oshirishda 
boshqarish tizimini o’rganish istiqbol-lari. 2. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish 
va avtomatlashtirish haqida tushuncha. 3. O’lchov vositalari va metrologiya asoslari.
4. O’lchov xatoliklari va aniklik sinfi. 5. O’lchash asboblarining metrologik 
tavsiflarini aniqlash.

Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish – texnika


taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq
kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi.
Shuningdek, avtomatlashtirish avvallo inson

boshqarishga qodir bo‘la olmagan yangi,


yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirishga, tabiatda ma’lum bo‘lmagan yangi,
samarali

materiallarni yaratishga imkon beradi.


Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi zamonaviy ishlab
chiqarish korxonalarini boshqarish faqat mikroprotsessor va boshqaruvchi hisoblash
texnikasini qo‘llab, keng avtomatlashtirish natijasida samarali bo‘lishiga olib keladi.
«Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish» fanini o‘qitishdan
maqsad, talabalarga texnologik jarayon parametrlarini nazorat qilish usullari va
vositalari, axborotlarni masofaga uzatish tizimlari, ob’yektlar, rostlash qonunlari,
rostlagichlar, jarayonga ta’sir etuvchi qurilmalar va avtomatik rostlash hamda
boshqaruv tizimlari bo‘yicha aniq bilim berish va olingan bilimlarni soha texnologik
jarayonlarini avtomatlashtirilgan funksional chizmalarini tuzish va ularni o‘qishda
foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Fanni o‘rganish davomida talabalar quyidagilarni bilishlari kerak: texnologik
jarayonlar xususiyatlarini tahlil qilish; boshqarish ob’yekti va avtomatlashtirish
(boshqarish)ga bo‘lgan talablarni tuzish (shakllantirish); ishlab chiqarish jarayonlarini
nazorat qilish va avtomatlashtirishning sxemasini o‘qish; nazorat qilish va
avtomatlashtirishning asosiy vositalarini tanlash.
«Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish» fanini o‘rganish
oldingi o‘quv kurslarida egallangan «Oliy matematika», «Informatika va axborot
texnologiyalari», «Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalar», «Texnik
tizimlarni boshqarish», «Ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari va uskunalari»
hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq texnologiyasi va uskunalari kabi bilimlar
asosida tashkil qilingan.
Mazkur fanni o‘rganish davomida olingan bilimlar talabalarni mavjud
texnologik jarayonlarni yanada chuqurroq tahlil qilishga, shuningdek, talabalarga o‘z
ixtisosliklari bo‘yicha mutaxassislik fanlarini nazariy va amaliy jihatdan mukammal
egallashida, ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishida, bitiruv ishlarini bajarishida hamda
mutaxassis lavozimlarida faoliyat ko‘rsatishlarida foydalidir.



5
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish – uzluksiz


rivojlanuvchi tizim bo‘lib, u ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va fan-
texnikaning

ko‘pchilik sohalari bilan uzviy bog‘langandir. Ishlab chiqarishni


avtomatlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti asosiy va
yordamchi
ishlab
chiqarish
jarayonlarini
mexanizasiyalash
hisoblanadi.
Avtomatlashtirishni rivojlantirish jarayoniga quyidagi ko‘p sonli qonuniy va tasodifiy
omillar
ta’sir
ko‘rsatadi:
texnologiya
va
qurilmaning
holati
hamda
avtomatlashtirishga tayyorgarligi, xom ashyo, yarim mahsulotlar va energetik
resurslarning sifati hamda barqarorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va
mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va hokazo.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish faqat ishlab chiqarish
texnikasini takomillashtirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash bilangina emas,
balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, birlik mahsulotga ketadigan moddiy va
mehnat xarajatlarini pasaytirib, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini orttirish bilan
bog‘liq.
Iktisodiy omillar avtomatlashtirish ob’yektini tanlab olishda asosiy omil
hisoblanadi. Sanoatda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligini orttirish
omillari juda ko‘p. Hozirgi sharoitda avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligiga
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonini kamaytirish hisobigagina erishishga ko‘p
xollarda imkon bo‘lmaydi, chunki zamonaviy zavodlar, korxonalar, bo‘linmalarga
nisbatan kam miqdordagi odamlar bilan xizmat ko‘rsatiladi. Shuning uchun iqtisodiy
samaradorlikni oshirish omillariga quyidagilarni kiritish mumkin: mahulot sifatini
oshirish, xom ashyo va turli xil energiya sarfini, ishlab chiqarish chiqindilarini
kamaytirish, ishlab chiqarish ritmini oshirish, mehnat unumdorligini va
chiqarilayotgan mahsulot xajmini oshirish, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mehnat
sharoitini ishlab chiqarishning kishilar hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan
hududlardagi zararli ishlarni yo‘qotish hisobiga yaxshilash.
Loyihalanayotgan va qurilayotgan yangi ishlab chiqarish korxonalarida
avtomatlashtirish texnologiya bilan uzviy ravishda bog‘lanishi kerak. Jadal texnik
taraqqiyot tufayli «yosh» ishlab chiqarish ma’lum davrdan so‘ng «eskiradi» va
yangilashni talab qiladi, shu jumladan amaldagi texnologik jarayonlarni nazorat qilish
va avtomatlashtirish tizimlarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan
almashtirishni
talab
qiladi.
Amaldagi
ishlab
chiqarish
korxonalaridagi
avtomatlashtirish tizimlarini takomillashtirishda, shuningdek, texnologiya va
jixozlarni yangilashda mustaqil iqtisodiy baholashlar bo‘lishi mumkin.
Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi tufayli zamonaviy
ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish ularni mikroprotsessor texnikasi va
boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo‘llab keng avtomatlashtirish asosidagina
samarali bo‘lishiga erishiladi. Avtomatlashtirish talablari texnologik jarayonlar
loyihalanayotgan bosqichdayoq hisobga olinganda avtomatlashtirish katta samara
beradi.
Yuqorida
aytilganlardan,
texnologik
jarayonlarni
nazorat
qilish
va
avtomatlashtirishning
ilmiy-texnik,
iqtisodiy
jihatlari
sanoat
taraqqiyotini,
mehnatkashlarning madaniyatini va turmush darajasini ko‘tarishni ta’minlashda katta
ahamiyatga ega bo‘lishi kelib chiqadi. Biroq sanoatni avtomatlashtirishda



6
muvaffaqiyatga erishishning muhim sharti - oliy ta’lim muassasalarida, loyiha


institutlarida va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish masalalarini yuqori ilmiy-texnik
darajada hal qilishga qodir korxonalarda avtomatika bo‘yicha ko‘p

sonli malakali


kadrlar, mutaxassislar yetishtirishdan iborat.
Hozirgi kunda respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarida olib borilayotgan
tadbirlarning asosiy maqsadi mutaxassislar tayyorlash sifatini

tubdan yaxshilashdir.


Bu ishlarni jadallashtirishda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning uzviy aloqada bo‘lishi
asosiy omildir.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish bo‘yicha muhim
vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun yuqori malakali kadrlar kerak. Bunday
kadrlar tubdan yangi ilmiy g‘oyalarga va yuksak texnik yechimlarni hal etish
qobiliyatiga ega bo‘lishlari zarur. Xalq xo‘jaligini fan-texnika taraqqiyoti asosida
jadallashtirish – bozor iqtisodiyoti sharoitidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu
ulkan ishlarni bajarish kadrlarning malakasiga bog‘liqdir.

Download 195,93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 195,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MA’RUZA TEXNOLOGIK PARAMETRLARNI NAZORAT

Download 195,93 Kb.