O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti texnologiya fakulьteti




Download 195,93 Kb.
bet6/37
Sana14.12.2023
Hajmi195,93 Kb.
#118658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.org
1-Mavzu, 6-7-mаvzu Munosаbаtlar. Binar munosabatlar va ularning matritsa, 2-Amaliy ish, 108877114UZ, Kompyuterni qurish uchun komponentlar, Педагогик технологиялар 11 бет, Президент асари - 5 ва 6-боб учун тақдимот, 1701930857 (3)
Birlashtirib o‘lchash 
bir nechta bir nomli kattaliklarni bir vaqtda o‘lchashdan
iborat bo‘lib, unda izlangan kattaliklarning qiymatlari bevosita o‘lchashda hosil
qilingan tenglamalar tizimidan topiladi.
Bir vaqtda ikki yoki bir nechta nomdagi turli kattaliklarni va ular orasidagi
funksional munosabatlarni topish uchun olib borilgan o‘lchashlar
qo‘shma o‘lchash
deyiladi. Jumladan, o‘lchash rezistorining 20°C dagi elektr qarshiligi va harorat
koeffitsientlari uning qarshiligini turli haroratlarda bevosita o‘lchash ma’lumotlari
bo‘yicha topiladi.
O‘lchashlar yana
mutlaq
va
nisbiy o‘lchashlarga
bo‘linadi.
Bir yoki bir nechta asosiy kattaliklarni fizik konstantalar qiymatlaridan
foydalanib yoki foydalanmasdan bevosita o‘lchash
mutlaq o‘lchash
deb ataladi.
Masalan, shtangensirkul yordamida bajarilgan o‘lchashlar mutlaq o‘lchashdir, chunki
unda o‘lchanayotgan kattalik qiymati bevosita olinadi.
Biror kattalikning shu ismli birlik vazifasini bajarayotgan kattalikka nisbatini
o‘lchash yoki kattalikni shu ismli birlik kattaligi deb qabul qilingan kattalik bo‘yicha
o‘lchash
nisbiy o‘lchash
deb ataladi. Masalan, haroratni termoelektr effektdan



11
foydalanishga asoslangan o‘lchash yoki massani tortish usuli bilan, ya’ni massaga


mutanosib bo‘lgan og‘irlik kuchidan foydalanish usuli bilan o‘lchash nisbiy
o‘lchashdan
iborat. Nisbiy o‘lchashdan katta aniqlik zarur bo‘lgan hollarda
foydalaniladi.
O‘lchashlar o‘lchash asosini aniqlab beradigan fizik hodisalarga asoslanib olib
boriladi. Masalan, moddaning kengayishi bo‘yicha haroratni o‘lchash,
muvozanatlashtiruvchi suyuqlik ustunining ko‘tarilishi bo‘yicha siyraklanish
(vakuum)ni o‘lchash. O‘lchashning biror asosini amalga oshirish uchun turli texnik
vositalar qo‘llaniladi.
O‘lchashlarda qo‘llaniladigan va normallashgan metrologik
xossalarga ega bo‘lgan texnik vositalar
o‘lchash vositasi
deyiladi. O‘lchash asosi va
vositasini belgilab beradigan usullar majmui
o‘lchash usuli
deyiladi.
O‘lchashlarda bevosita baholash, differensial, o‘lchov bilan taqqoslash va nol
(kompensatsion) usullar keng tarqalgan.

Download 195,93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 195,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti texnologiya fakulьteti

Download 195,93 Kb.