• Differensial usul
  • Nol (kompensatsion) usul
  • NAZORAT SAVOLLARI
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti texnologiya fakulьteti




    Download 195,93 Kb.
    bet7/37
    Sana14.12.2023
    Hajmi195,93 Kb.
    #118658
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.org
    1-Mavzu, 6-7-mаvzu Munosаbаtlar. Binar munosabatlar va ularning matritsa, 2-Amaliy ish, 108877114UZ, Kompyuterni qurish uchun komponentlar, Педагогик технологиялар 11 бет, Президент асари - 5 ва 6-боб учун тақдимот, 1701930857 (3)
    Bevosita baholash usuli
    o‘lchanayotgan kattalik miqdorini bevosita o‘lchash
    asbobining hisoblash qurilmasi bo‘yicha bevosita topish imkonini beradi. Masalan,
    bosimni prujinali manometr bilan, massani siferblatli tarozida, tok kuchini ampermetr
    bilan o‘lchash va hokazo. Bu usulda o‘lchash aniqligi uncha katta bo‘lmasa ham,
    o‘lchash jarayonining tezligi uni amalda qo‘llanishda tengi yo‘q usulga aylantiradi.
    Differensial usul
    o‘lchanayotgan va ma’lum kattaliklarning ayirmasini
    o‘lchashni xarakterlaydi. Masalan, gaz aralashmasi tarkibini havoning issiq
    o‘tkazuvchanligiga taqqoslash yo‘li bilan issiqlik o‘tkazuvchanlik bo‘yicha o‘lchash.
    G‘oyatda aniq o‘lchashlarda
    o‘lchov bilan taqqoslash usuli
    qo‘llanadi. Bunda
    o‘lchanayotgan kattalik o‘lchash yordamida topilgan kattaliklar bilan taqqoslanadi.
    Masalan, o‘zgarmas tokning kuchlanishini elektr yurituvchi kuchi normal element
    EYUK iga teng bo‘lgan taqqoslash kompensatorida o‘lchash yoki massani pishangli
    tarozilarda muvozanatlashtiruvchi toshlar bilan o‘lchash. Bu usul ta’sir etuvchi
    kattaliklarning o‘lchash natijasiga ta’sirini kamaytirishga imkon beradi.
    Nol (kompensatsion) usul
    o‘lchanayotgan kattalikni qiymati ma’lum bo‘lgan
    kattalik bilan taqqoslashdan iborat, ammo ular orasidagi ayirma ma’lum kattalikni
    o‘zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi. Potensiometrlar, muvozanatlashtirilgan
    ko‘priklar va boshqalar nol usulga asoslanib ishlovchi asboblarga misol bo‘la oladi.
    Nol usul o‘lchashning yuqori aniqligini ta’minlaydi.

    NAZORAT SAVOLLARI 
    1.Mehnat unumdorligini oshirishda texnologik jarayonlarni nazorat qilish va
    avtomatlashtirishining roli qanday?
    2.Birlamchi o‘zgartkich, birlamchi va ikkilamchi asboblar haqida qanday
    tushunchaga egasiz?
    3.Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda mikroprotsessor va elektron hisoblash
    mashinalarining qo‘llanishi nimani beradi?
    4.Metrologiya nima?
    5.O‘lchash deganda nimani tushunasiz?
    6. Qanday o‘lchash turlari mavjud?
    7.O‘lchash xatoligi nima?
    8. O‘lchash xatoliklarining kelib chiqish sabablari va qanday xatoliklarini bilasiz?



    12


    Download 195,93 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




    Download 195,93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti texnologiya fakulьteti

    Download 195,93 Kb.