|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universitetiBog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASImarksizm
deb nomlangan nazariy yo’nalish o’zlarining
nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga kelish, rivojlanish
va boshqasi bilan almashish sabablari to’g’risidagi ta’limotni hamda qo’shimcha
qiymat nazariyasini yaratdilar.
Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xo’jalik yuritishning bozor
tizimi to’g’risidagi
marjinalizm
deb atalgan yangi bir ta’limotni yaratdi. U inglizcha
so’zdan olingan bo’lib, so’nggi, qo’shilgan degan ma’noni beradi. Uning asoschilari
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandalari (K.Menger, F.Vizer, Bem-Baverk va
b.) bo’lib, ular tomonidan qo’shilgan tovar nafliligining, qo’shilgan mehnat yoki
resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi.
Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo’lgan talab va uning narxi o’rtasidagi
bog’liqlik va o’zaro ta’sirini tahlil qilishda keng qo’llanildi.
Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi
neoklassik
, ya’ni yangi klassik deb
nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan biri A.Marshall bo’lib, u iqtisodiy
jarayonning funktsional bog’lanishi va funktsional nisbatlarini ishlab chiqishga
harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan
iborat deb qaradi. Bu nazariy yo’nalishning namoyandalaridan biri shveytsariyalik
iqtisodchi Leon Valras bo’lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelining nusxasini
ishlab chiqishga harakat qildi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi Y.SHumpeter «Iqtisodiy taraqqiyot
nazariyasi» (1912) nomli kitobida iqtisodiy tizimlar o’zgarishining ichki kuchlarini,
ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi kuchini ko’rsatishga harakat qildi va u
iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keldi.
Iqtisodiyot nazariyasining hozirgi zamon yo’nalishlaridan biri
|
| |