3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashga oid masalaning yechimi
juda murakkab bo’lib, bu haqda o’tmishda ham, hozir ham turli olimlar har xil fikrlar
bildirib kelmoqdalar.
Masalan, Aristotel bu fanga uy xo’jaligini boshqarish qonunlari to’g’risidagi fan
deb qaragan bo’lsa, merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabi
vakillari unga boylik to’g’risidagi, uning manbalari va ko’paytirish yo’llari, boylikni
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish to’g’risidagi fan deb
qaradilar. Keyingi paytda mazkur fanni xalq xo’jaligi, ijtimoiy xo’jalik to’g’risidagi
fan deb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy hayotiy
vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish qonunlari to’g’risidagi fan
deb ko’rsatadilar. A.Marshall esa iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining
predmeti insoniyat, jamiyatning me’yoridagi hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan
iborat, deb yozadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator
darsliklarda va ayrim asarlarda uning predmeti moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish
jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganishdan iborat, deb
ko’rsatilgan edi.
AQSH va boshqa ba’zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Ekonomiks»
darsliklarida (iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuritilgan darsliklarda) bu
fanning predmeti kishilarning moddiy ehtiyojlarini to’laroq qondirish maqsadida
cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish,
kishilarning iqtisodiy xatti-harakatlarini o’rganishdan iborat, deb ko’rsatilgan.
20
Bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan hozirgi davrda Rossiya Federatsiyasida chop
etilayotgan turli iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning predmeti bo’yicha bir-
biriga yaqin bo’lgan ta’riflar berilmoqda (1.1-jadval).