21
E.F.Borisov
Ne’matlar va xizmatlarni ishlab
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash
va
iste’mol
qilishda
tarkib
topuvchi
kishilar
o’rtasidagi
munosabatlarni o’rganadi
Borisov
Ye.F.
Ekonomicheskaya
teoriya:
voprosi – otveti: Ucheb.
posobiye. – 2-e izd., pererab. i
dop. M.: INFRA-M, 2008,
s.16.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to’g’risida bildirilgan barcha fikrlardan
ko’rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa ayrim kitoblarda ishlab
chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganishga
alohida e’tibor berilgan bo’lsa, «Ekonomiks»da va keyingi paytlarda Rossiyada
chiqarilgan darsliklarning ko’pchiligida asosan kishilarning resurslarga, moddiy
ashyo va buyumlarga bo’lgan munosabatini, xatti-harakatini o’rganishga, cheklangan
iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishga alohida e’tibor berilgan.
Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham, bu
tomonini ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondashuvga yo’l
qo’ymasligi lozim. Chunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat
ko’rsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vositalar, pul mablag’lari orqali
amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun mavjud resurslarga, ishlab
chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli foydalanishga bo’lgan munosabat,
ishlab chiqarish omillarining o’zaro bog’liqligi va bir-biriga ta’sirida o’rganilishi
lozim. Boshqa tarafdan, hech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan
kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga
oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida bir-birlari bilan
albatta o’zaro munosabatda bo’ladilar va shu munosabatga qarab harakat qiladilar,
o’z xulq-atvorlarini, xatti-harakatlarini belgilaydilar.
Mana shularni hisobga olib,