17
xarajatlari o’rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. F.Kene sof mahsulot bilan
qo’shimcha
qiymatni chalkashtirib, ikkalasini aynan bir narsa deb tushunadi. U
qo’shimcha qiymat dehqonlarning qo’shimcha mehnati samarasi sifatida yuzaga
keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo’shimcha qiymatni tabiatning sof hadyasi
deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi, deb tushuntiradi
1
. Bu yerda u o’zi
bilmagan holda qiymat bilan naflilik(iste’mol qiymat)ning farqiga bora olmaganligini
ifoda etadi. F.Kene ta’limotini A.Tyurgo, Dyupon de Nemur va boshqalar davom
ettirdi. Fiziokratlarning ta’limoti bo’yicha qishloq xo’jaligida band bo’lgan
mehnat
birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz
mehnat deb hisoblangan.