13
ijtimoiy tavsif kasb etib, ularga bilim olish, malaka oshirish, san’at
bilan
shug’ullanish, dam olish va h.k.larni kiritish mumkin.
Yakka ehtiyoj – bu alohida shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei,
dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta’sirida shakllanuvchi ehtiyoji.
Jamiyatdagi kishilar soni qanchalik ko’p bo’lmasin, ular o’z ehtiyojlarining tarkibi,
darajasi va qondirilish vositalari jihatidan ozmi-ko’pmi farqlanadilar.
Masalan, katta
yoshdagi odamlar va bolalar,
erkaklar va ayollar, oliy ma’lumotlilar va
ma’lumotsizlar, sportchilar va spirtli ichimliklarga moyil kishilar va hokazolarning
yakka ehtiyojlari tarkibi o’zaro farq qiladi. Xattoki, bir jinsdagi, o’zaro teng va
boshqa belgilari bo’yicha o’xshash insonlarning yakka ehtiyojlari ba’zi
bir jihatdan
farq qilishi mumkin.