• 2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
  • -chizma Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi bog’liqlik




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    1.2-chizma
    Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi bog’liqlik 
    Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish 
    imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirish darajasini oshirish zarurligi 
    iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi: 
    Iqtisodiy r
    еsurslar, 
    imkoniyatlar 
    Ishlab chiqarish yoki 
    xizmat ko’rsatish
    darajasi 
    Ehtiyojlarning 
    qondirilish darajasi


    15 
    1) ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va 
    tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko’proq ishlab chiqarishga jalb qilish; 
    2) mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish; 
    3) fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, 
    material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, 
    resurslar unumdorligining oshishiga erishish. 
    Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga 
    ega bo’lishni taqozo qiladi. 
    2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi 
    Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy yo’nalishlarini 
    aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo’lib, bu intilish iqtisodiy 
    faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo’lgan tomonga yo’naltirishga ijobiy 
    ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan. 
    Iqtisodiyotga oid bilimlarga dastlab antik dunyoning ko’zga ko’ringan olimlari 
    Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuningdek qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston 
    va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida e’tibor qaratilgan edi. 
    Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga yetib kelgan Qur’oni Karimni, 
    hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xoldun asarlarini

    bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu 
    Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek asarlarini o’qir 
    ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy 
    mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo’lamiz. 
    Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)ning 
    iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. U o’zining 1370 yilda 
    yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo’lib 
    tovarning ikki xil xususiyatini – iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va 
    murakkab mehnatni, zaruriy va qo’shimcha mehnat hamda zaruriy va qo’shimcha 
    mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, Ibn Xoldun tomonidan tovarlarni 
    ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish 
    shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning miqdori va uning 
    nafliligini hisobga olinishi ham ta’kidlangan
    1

    «Kapital» kategoriyasiga yondashuvlarning dastlabki manbalarini Abu Ali Ibn 
    Sino (980-1037)ning asarlarida ko’rish mumkin. U hayotning to’qqizta omili: yer, 
    havo, olov, insonning asab tizimi, «hayot sharbati», tana qismlari, qalb, kuch, aqliy 
    faoliyatni ajratib ko’rsatgan. Bu o’rinda ham iqtisodiy, ham jismoniy, ham ruhiy, ham 
    ahloqiy tavsiflar ajoyib tarzda birlashtirilgan
    2
    .
     
    Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g’oyalari «Vaqfiya» (1482) va 
    «Mahbub-ul-qulub» (1500) asarlarida bayon etilgan. U mahsulotni uch qismga bo’lib, 
    birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o’zining va oilasining 
    ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga 
    chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab 
    1
    A.Razzoqov., Sh.Toshmatov., N.O’rmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tariхi. T.: «Moliya». 2002, 42-bеt. 
    2 Bogachеva G.N., Dеnisov B.A. O mnogoobraznoy traktovkе katеgorii "Kapital" // Mеnеdjmеnt v Rossii i za rubеjom, №1, 2000. 

    http://www.dis.ru
    .


    16 
    chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor beradi. Shu bilan birga boylikni 
    halol mehnat bilan topish, to’plash va foydalanish zarurligini ta’kidlaydi
    1

    Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan Markaziy Osiyoning 
    ko’pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o’rganish asosida uning ko’pgina qonun-
    qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo’lsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi 
    fan sifatida shakllanmagan edi.
    Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko’pgina mamlakatlarda milliy bozor 
    shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda «siyosiy iqtisod» nomi 
    bilan shakllana boshladi.
    Siyosiy iqtisod grekcha so’zdan olingan bo’lib «politikos» - ijtimoiy, «oykos» - 
    uy, uy xo’jaligi, «nomos» - qonun degani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo’jalik qonunlari 
    ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan frantsuz iqtisodchisi Antuan 
    Monkreten birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy 
    asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida 
    asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng 
    ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi 
    qonunlar to’g’risidagi fandir, deb yozgan edilar.
    Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g’oyaviy oqimlar, 
    maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qayerda va 
    qanday qilib ko’payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy 
    oqimlardan dastlabkisi 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -chizma Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi bog’liqlik

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish