• Hududiy ehtiyoj – bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi kishilarning birgalikdagi ehtiyoji.
  • Guruhiy ehtiyoj – bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlashgan




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

     
    Guruhiy ehtiyoj – bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlashgan 
    kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. 
    Bir oilaning ehtiyoji boshqa biridan, bir mehnat 
    jamoasining ehtiyojlari boshqasidan o’z tarkibi va darajasi jihatidan farq qiladi. 
    Masalan, faraz qilaylik, Komilovlar oilasi besh kishidan iborat bo’lsin. Ota – 
    shifokor, ona – o’qituvchi, ikki o’g’il – talaba, qiz – maktab o’quvchisi. Zokirovlar 
    oilasi esa olti kishidan iborat: buva va buvi – nafaqada, ota – injener, ona – uy bekasi, 
    qiz – talaba va o’g’il – maktab o’quvchisi. Har ikkala oilaning tarkibi va faoliyat 
    turlari bir-biridan farq qilganligi sababli, ularning oilaviy ehtiyojlari ham o’z tarkibi 
    va darajasiga ko’ra farqlanadi. Xuddi shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi korxona 
    mehnat jamoasi ehtiyoji tarkibi va darajasi jihatdan tikuvchilik fabrikasi mehnat 
    jamoasinikidan boshqacha bo’ladi.
    Hududiy ehtiyoj – bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi kishilarning 
    birgalikdagi ehtiyoji. 
    Inson muayyan hududda istiqomat qilganliklari sababli, uning 
    ba’zi bir ehtiyojlari mazkur hududda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning umumiy 
    ehtiyojlari sifatida namoyon bo’ladi. Masalan, har bir mahalla o’zining guzari, unda 
    joylashgan savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, bolalar bog’chasi, dam 
    olish joylari, istirohat bog’lari va boshqa inshootlarga ehtiyoj sezadi.
     
    Umumjamiyat ehtiyojlari – bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar uchun 
    umumiy bo’lgan ehtiyoj. 
    Har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha uchun 
    umumiy bo’lgan ne’matlarga ehtiyoj sezadilar. Masalan, mamlakat chegarasining 
    daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligi, yurt farovonligi, ijtimoiy-
    madaniy tadbirlar, huquq-tartibot ishlarining yuqori darajada amalga oshirilishi va 
    boshqalar. 
    Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi: 
    a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
    b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
    d) tabiiy-geografik sharoitlar;
    g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar;
    e) aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar;
    f) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar.
    Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish mumkin 
    emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko’plab qondirilmagan ehtiyojlar mavjud 
    bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo’lishi, keng reklamaning 
    ta’siri va savdoning rag’batlantirishi natijasida ehtiyojlar o’zgaradi va ko’payib 


    14 
    boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va 
    korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to’xtovsiz yangilanib va o’sib borishi 
    tabiiy bo’lib, uni o’ziga xos qonun orqali ifodalash mumkin. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guruhiy ehtiyoj – bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlashgan

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish