|
Iste’mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarningBog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIIste’mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning
ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni
. Iste’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi
fazasi bo’lib, bu jarayon orqali jamiyat a’zolarining turli-tuman ehtiyojlari
qondiriladi. Iste’mol ikki turda bo’ladi: ishlab chiqarish (unumli) iste’moli va shaxsiy
iste’mol. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish jarayonida
foydalanish
unumli iste’mol
deyiladi. Nonvoy ishlatgan un, ko’mir yoki tabiiy gaz,
o’simlik moyi – bularning barchasi unumli iste’mol hisoblanadi. Chunki, bularning
barchasi mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bo’ladi. Iste’mol buyumlarining
ehtiyojlarni qondirish maqsadida o’z ahamiyati bo’yicha pirovard ravishda ishlatilishi
shaxsiy iste’mol
deyiladi. Nonvoy tayyorlagan nonning odamlar tomonidan sotib
olinib, iste’mol qilinishi shaxsiy iste’molni anglatadi. Mahsulot va xizmatlar shaxsiy
iste’molidan so’ng, ular o’rniga yana yangisini ishlab chiqarish zarurati paydo
bo’ladi.
Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to’xtovsiz
takrorlanib turadigan jarayondir. Bu jarayonni quyidagi 1.1-chizma orqali tushunish
osonroq bo’ladi.
1.1-chizma
Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish fazalaridagi
harakati
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – ehtiyojlarning cheksizligi va
iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.
Bu masalani to’g’ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyojning mohiyatini, uning
turlarini bilish zarur.
Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi
uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zarurati iqtisodiyot nazariyasi
fanida ehtiyoj deb ataladi.
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy
ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o’rin tutadi. Bu ehtiyojlar
kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun turli ne’matlar hamda
xizmatlarga zaruratdan iborat bo’ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy
ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o’z ichiga oladi.
Taqsimot
jarayoni
Ishlab chiqarish jarayoni
Ist
е’mol jarayoni
Ayirboshlash jarayoni
|
| |