|
amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan, iqtisodiyBog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIamal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan, iqtisodiy
faoliyat deb ataladi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bergan.
Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida
iqtisodiyot – uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab
leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid
adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Lekin, hozirgi davrda
iqtisodiyot tushunchasi faqat uy, individual xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosi
bilan cheklanmaydi. Balki
iqtisodiyot
– mulkchilikning turli shakllariga
asoslangan
xo’jaliklardan,
xo’jaliklararo,
davlatlararo
birlashmalar,
korporatsiyalar, kontsernlar, qo’shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan,
davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o’ta murakkab
ijtimoiy tizimni anglatadi.
Buning ustiga barcha resurslarimiz – tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari,
ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul mablag’lari va boshqa resurslarning
barchasi cheklangan miqdordadir. Xattoki, ishlab chiqarishning bugungi darajasida
insoniyat ixtiyoridagi turli tabiiy boyliklarning taxminan qancha vaqtga yetishini
oldindan bashorat qilish mumkin. Jumladan, insoniyat 2500 yilga kelib, barcha metall
zaxiralarini sarflab bo’lishi bashorat qilinib, bunda temir rudasi 250 yilga, alyuminiy
570, mis 29, rux 23, qalayi 35, qo’rg’oshin 19 yilga yetishi taxmin qilinmoqda.
Amalda hozir yashayotgan avlod ham ishlab chiqarishda qo’rg’oshin, qalayi, rux,
oltin, kumush, platina, nikel, volfram, misdan foydalanish muammosiga duch
kelmoqda. Yaqin yuz yil ichida ishlab chiqarishni energoresurslar: neft, gaz, ko’mir
bilan ta’minlash muammosi ham alohida muammo bo’lib qolishi ehtimoldan holi
emas
1
.
|
| |