• Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish
  •  Iqtisodiyot va uning bosh masalasi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi 
    Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, 
    iqtisodiyot va uning vazifalari to’g’risida tasavvurga ega bo’lish lozim. Insoniyat 
    hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’p qirrali va g’oyat chigal 
    muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab 
    chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni 
    boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari 
    ko’payib, rivojlanib hamda ularning o’zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq 
    davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda 
    oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo’lgan narsaga o’xshab ko’rinadi. 
    Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar siyosat, san’at, adabiyot, fan, 
    ma’rifat, madaniyat, ta’lim olish bilan shug’ullanishdan oldin birlamchi hayotiy 
    ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishlari kerak. Shuning uchun har bir kishi, 
    o’zining kundalik hayotida bir qator muammolarga, ya’ni kiyim-kechak, oziq-ovqat, 
    uy-ro’zg’or buyumlariga ega bo’lish, bilim olish kabi ehtiyojlarni qanday qilib, nima 
    hisobiga qondirish mumkin degan muammolarga duch keladi. 
    Shu muammolarni yechish va o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli 
    yo’nalishlarda, sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari 
    ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani 
    moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat 
    bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir. 
    Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning 
    yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish 



    va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda 

    Download 8,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish