• Ayirboshlash – jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo’yicha ma’lum bir o’lcham (masalan, qiymat miqdori)
  • Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning 
    turli qism va sub’ektlari o’rtasida taqsimlash jarayoni
    . Bu bosqichda, eng avvalo, 
    ishlab chiqarish vositalari, kapital, ishchi kuchi va boshqa resurslar turli tarmoqlar
    sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o’rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari
    ishlab chiqarish natijasi bo’lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi ko’rinishi 
    bo’lgan daromadlar ham taqsimlanadi.
    Bizning misolimizdagi non mahsulotini ishlab chiqarish uchun ham ushbu 
    faoliyat sohasiga kerakli resurslar – traktorlar, omochlar, seyalkalar, kombaynlar, yuk 
    mashinalari, tegirmonlar va tandirlar; ularni ishga soluvchi traktorchi, haydovchi
    dehqon, ishchi va nonvoylar – barchasi taqsimot jarayonidan o’tadi. Ular aynan 
    mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv tufayli turli-tuman faoliyat va jarayonlar bo’yicha 
    o’z o’rnilarini topadilar.
    Shuningdek, tayyor bo’lgan non mahsulotini sotishdan olingan daromad ham 
    turli kasb egalari – traktorchi, haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoy o’rtasida, mulk 
    egalari o’rtasida taqsimlanadi. Ular mahsulotdagi o’z ulushlarini ish haqi yoki foyda, 
    foiz, renta ko’rinishida oladilar.
    Taqsimot qancha adolatli va to’g’ri bo’lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga 
    shuncha ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uni rag’batlantiradi. 
    Ayirboshlash – jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab 
    chiqarish natijalari bo’yicha ma’lum bir o’lcham (masalan, qiymat miqdori) 
    asosida o’zaro almashish jarayoni.
    Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh 
    kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishga 
    ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o’z tovarini sotib, o’ziga 
    kerakli bo’lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Jumladan, bizning 


    11 
    misolimizdagi nonvoy ham o’z mahsuloti – nonni sotib, tushgan puliga qassobdan – 
    go’sht, dehqondan – sabzavotlar, do’kondordan – kiyim-kechak va boshqa zarur 
    tovarlarni sotib oladi.
    Natijada turli xil yo’nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko’rsatuvchilar 
    o’rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo’ladi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish