• O’quv faoliyatining natijasi
  • 2-ilova 1. O’RTA Osiyo allomalarining ekologiya haqidagi qarashlari
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi




    Download 0,75 Mb.
    bet29/194
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,75 Mb.
    #105264
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   194
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.org

    Reja
    1. Antik davrda ekologiya


    2. Ekologiyaning 20 asrda rivojlanish tarixi


    O’quv mashg’ulotining maqsadi: Ekologiya fanining predmeti, tarixi va usullari, bo’limlari va vazifalari to’g’risida talabalarda aniq tasavvur hosil qilish
    O’quv faoliyatining natijasi: Talabalar ekologiya fanining predmeti, tarixi va usullari, bo’limlari va vazifalari to’g’risidagi bilimlarga ega bo’ladi.


    Tayanch so’zlar: Ekologiya, autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya, biosfera, inson ekologiyasi, ijtimoiy ekologiyasi, ekologik muammolar, modellashtirish, biologik resurs, atrof-muhit.
    2-ilova


    1. O’RTA Osiyo allomalarining ekologiya haqidagi
    qarashlari
    O’rta Osiyolik allomalar al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrlarda tabiat va undagi muvozanat, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Muhammad Muso al-Xorazmiy “Bilginki, daryoning ko’zlari yoshlansa, uning boshiga g’am, kulfat tushgan bo’ladi” deb ta’kidlagan edi. Buyuk alloma suvlarni ortiqcha sarflash hozirgi kundagi Orol fojiasi kabi noxo’sh hodisalarni keltirib chiqarishini nazarda tutgan bo’lsa, ehtimoldan holi emas. Abu Nasr Forobiy odam a’zosining tuzilishi va unda kelib chiqadigan o’zgarishlar, ya’ni kasalliklar, ovqatlanish tartibining buzilishi, kasallikning oldini olish chora-tadbirlari, shuningdek, tabiiy sun’iy tanlanishlar haqida ma’lumotlar qoldirgan. Abu Rayhon Beruniy asarlarida o’simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi, tashqi muhit bilan o’zaro aloqasi va xo’jalik ahamiyati haqida ma’lumotlar topish mumkin. Abu Ali Ibn Sino inson sog’lig’ini saqlash, parhez, gigiena to’g’risida, kasalliklarni, jumladan, asab kasalliklarini davolashda jismoniy usullar yaxshi natija berishini aytgan. U kishi organizmiga tashqi muhit ta’siri muhimligini, ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikrlar bayon etgan.


    Download 0,75 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   194




    Download 0,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi

    Download 0,75 Mb.