• Adabiyotlar
  • Bildim (+) Bilmadim (-)
  • EKOLOGIK OMILLARNING TIRIK ORGANIZMLARGA TA’SIR ETISH UMUMIY QONUNIYATLARI
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi




    Download 0,75 Mb.
    bet37/194
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,75 Mb.
    #105264
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   194
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.org

    1-ilova


    REJA:
    1. Ekologik omillar: tirik organizmlarga ta’sir etish umumiy qonuniyatlari.
    2. Organizm va moslashish.


    Tayanch so’zlar: Muhit, sun’iy muhit, ekologik omil, abiotik omillar, biotik omillar, relef, antropogen omil, bilvosita, bevosita, kimyoviy moddalar, fitogen, zoogen, mikrobiogen, optimum zona, maksimum, minimum, individ.


    Adabiyotlar: [7,8,9].
    1-ilova
    B.B.B. usuli asosida tarqatma materiallar




    T/r


    Bilaman


    Bilaman (+)
    Bilmayman (-)


    Bildim (+)
    Bilmadim (-)

    1

    Moslashish nima?





    2

    Hayvonlarning abiotik omillarga moslashishi





    3

    O’simliklarning abiotik omillarga moslashishi





    4

    Fototropizm





    5



    Fotonastiya






    EKOLOGIK OMILLARNING TIRIK ORGANIZMLARGA TA’SIR
    ETISH UMUMIY QONUNIYATLARI
    Ma’lum sharoitda yashayotgan organizmlarga ekologik omillar turlicha ta’sir etishi mumkin. Ammo ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ularning tirik organizmlarga ta’sir etish xarakteri nuqtai nazardan ular uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlar ham mavjud. Organizmning normal rivojlanishi uchun ma’lum darajada qulay ekologik omillar majmui talab etiladi. Har bir omilning organizmga ta’sir etish kuchi hamda quyi va yuqori ta’sir etish chegarali bo’ladi. Omilning qulay ta’sir etuvchi kuchi optimum zona deb qaraladi yoki optimum deb ataladi. ekologik omil organizmga haddan tashqari kuchsiz (minimum) va kuchli (maksimum) ta’sir etishi mumkin. Shunday qilib, har qanday ekologik omilning optimum, minimum va maksimum ta’siri bo’lar ekan. Minimum va maksimum chegarali kritik nuqta deb qaraladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch ta’sirida organizm nobud bo’ladi.
    Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga evri- old qo’shimchasini qo’shib, tor doirada moslashganlarga steno- old qo’shimchasini qo’shib nomlanadi. Temperaturaga nisbatan evriterm, stenoterm, namlikka nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho’rlanishga nisbatan evrigal, stenogal.
    Tashqi muhitning turli omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig’indisi turning ekologik spektrini tashkil etadi. Masalan, cho’lda o’suvchi sho’raklar tuproqning sho’rligiga, qurg’oqchilik va yuqori temperaturaga yaxshi moslashgan. Ushbu omillarga moslanish sho’raklarning ekologik spektrini tashkil etadi.
    Ayrim turlarning ekologik spektri bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Hatto bir xil sharoitda yashayotgan va moslashish xususiyati ham o’xshash bo’lgan turlar ozmi-ko’pmi miqdorda o’zining ekologik imkoniyatiga ega bo’ladi. Izen va teresken o’simliklari qurg’oqchil va issiq sharoitga moslashgan turlar hisoblanib, ulardan birinchisi nisbatan qurg’oqchilikka ham, yuqori haroratga ham biroz kuchliroq moslashishi bilan ajralib turadi.
    Ekologik omillar organizmning turli funktsiyalariga ham turlicha ta’sir etadi.
    Ayrim individlarning tashqi muhit omillariga chidamlilik darajasi, kritik nuqtalari, optimal zonasi ham to’g’ri kelmaydi. Ushbu individning irsiy, jinsiy, yosh yoki fiziologik xususiyatlari bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
    Muhitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi. Ushbu omillarning ta’siri boshqa omillarning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Buni omillarning o’zaro ta’sir etish qonuniyati deyiladi.
    Organizmning normal hayoti uchun ma’lum darajada sharoit talab etiladi. Agar barcha shart-sharoitlar qulay bo’lib, ulardan biri etarli miqdorda bo’lmasa, uni cheklovchi omil deb ataladi. CHeklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi yoki yashay olmasligini belgilab beradi.



    Download 0,75 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   194




    Download 0,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi

    Download 0,75 Mb.