O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti fizika kafedrasi fizika fanidan ma’ruzalar matni




Download 389.37 Kb.
bet3/86
Sana22.12.2023
Hajmi389.37 Kb.
#126669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org
01 FOZILOV AKMALJONni YURIDIK PSIXOLOGIYA, Kondensatorning aperiodik chegaraviy aperiodik va tebranma zaryadsizlanishi, elektronika-va-sxemalar-fanini-raqamli-texnologiyalar-asosida-o-qitish-metodikasi, 1. Bolalar uchu-WPS Office, Google for Education, Xurramov Og’abek 3mahsulot sifati, avtomobil yollarini yol poyini qurish, Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. Yo’l harakatining , Magistrlik Dissertatsiyasi SoataliyevR.R.., 1.STEAM.M.Abjalova, Slayd one, Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixi va avlodlari fayllar org, Mavzu Iqtisodiyot nazariyasi faniga kirish-muhaz.org, Mavzu ilmiy uslub va uning xususiyatlari
olinmaydigan hamda massasi bir nuqtaga t

о‘plangan deb qaraladigan har 

qanday jism moddiy nuqta deb ataladi. Moddiy nuqta tushunchasi ilmiy
abstraksiya hisoblanadi. Bu tushunchani kiritganda biz asosiy e’tiborni 
о‘rganilayotgan hodisaning bosh mohiyatini aniqlab beruvchi tomonlarga
qaratib, boshqa xususiyatlar (jismning geometrik 
о‘lchamlari, tarkibi, ichki
holati va bu holatning 
о‘zgarishi kabi xususiyatlar) ni inobatga olmaymiz. Fizika
fanida faqat birgina jism 
о‘rganilmasdan bir necha jismlar tо‘plami ham
о‘rganiladi. Bu jismlarni moddiy nuqtalar tо‘plami (tizimi) deb qarash mumkin. 
Bitta makroskopik jismni ham xayolan mayda b
о‘lakchalarga bо‘lib, bu 
b
о‘lakchalarni о‘zaro ta’sirlashuvchi moddiy nuqtalar tizimi (sistemasi) deb 

tasavvur qilish mumkin.



Mutlaq (absolyut) qattiq jism deb ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi masofa 

uning harakati davomida 

о‘zgarmaydigan jismga aytiladi. Tabiatda mutlaq
qattiq jismning 
о‘zi mavjud emas. Ma’lumki har qanday kattiq jism tashqi kuch
ta’sirida deformatsiyalanadi, ya’ni geometrik 
о‘lchamlari, shakli biror darajada
о‘zgaradi. Lekin qо‘yilgan masalaning mohiyatiga qarab kо‘p hollarda 
deformatsiya tufayli b
о‘ladigan о‘zgarishlarni hisobga olmasa ham bо‘ladi. 
Mutlaq qattiq jism har qanday makroskopik jism kabi bir–biri bilan qattiq
bog‘langan moddiy nuqtalar tizimidan iborat deb tasavvur qilinadi. 
Suyuqliklar, gazlar va deformatsiyalanadigan jismlarning harakatini 

hamda muvozanatini


о‘rganishda uzluksiz muhit tushunchasi qо‘llaniladi. 
Ma’lumki, har qanday moddiy jism atom va molekulalardan tashkil topgan
b
о‘lib, diskret tuzilishga ega. Lekin masalani soddalashtirish maqsadida 

moddani uzluksiz yaxlit (muttasil) muhit deb qarab, uning atom va


molekulardan tuzilganligi e’tiborga olinmaydi. 
Jismlarning harakat qonunlarini 

о‘rganishda fazo va vaqt tushunchalarini


aniq tasavvur qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, hamma moddiy 
jismlar hajmga ega b
о‘lganlaiklari uchun ular muayyan joyni egallaydi va bir–
birlariga nisbatan qandaydir tarzda joylashgan b
о‘ladi. Jism о‘z harakati tufayli 
vaziyatlarini (
о‘rinlarini) о‘zgartiradi. Bu о‘zgarish, tabiiyki, fazoda sodir 
b
о‘ladi va ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshadi. Har qanday mexanikaviy 

jarayon biror vaqt oralig‘ida fazoda sodir b


о‘ladi. Vaqt–hodisalarning ketma–ket 


о‘zgarish tartibini ifodalaydigan fizikaviy kattalikdir. Jismlar harakatini fazo va
vaqtdan ajralgan holda tasavvur qilib b
о‘lmaydi. Shuning uchun ham
jismlarning mavjudligi va ularning harakatlari fazoda va vaqt ichida sodir 
b
о‘ladi, deb qaraladi. 


6


Harakatning kinematik tavsifi deganda istalgan vaqtda jismning fazodagi 

vaziyatini boshqa biror jismga nisbatan aniqlash tushuniladi. 


Ixtiyoriy paytda jismning fazodagi vaziyatini aniqlashda q


о‘llaniladigan 

vaqtni 

о‘lchovchi asbob (masalan, soat) va sanoq boshi (O nuqta) bilan bog‘liq 

koordinatalar tizimi sanoq tizimi deyiladi. 
Kinematik jarayonlar haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun yuqoridagi 

misollarda jismning harakatini olib qaradik. Lekin “jism”


о‘rnida “moddiy 
nuqta” tushunchasini ishlatish ancha qulaylik tug‘diradi.
Fizik hodisalarni 

о‘rganish tajriba asosida boshlanadi. Hodisalarni tabiiy


sharoitlarda 
о‘rganish asosida tajriba orttirish–kuzatish deb, hodisalarni sun’iy
sharoitda, ya’ni laboratoriya sharoitlarda amalga oshirib tajriba 
о‘tkazishni esa

eksperiment deb atash odat b
о‘lib qolgan. Albatta, eksperiment kuzatishga 
nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan, eksperimentda axborot olish
uchun sarflanadigan vaqtni tejash mumkin. Masalan, tabiiy sharoitlarda biror 
hodisa r
о‘y berishi uchun bir necha sutkalab, hattoki oylab kutishga tо‘g‘ri 
keladi. Laboratoriyalarda esa bu hodisani istalgan vaqtda amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, tabiiy sharoitlarda amalga oshayotgan tajribada hodisaga bir necha 
faktorlarning ta’siri aks etgan b
о‘ladi. Laboratoriyada esa sun’iy ravishda 
shunday sharoitlar yaratish mumkinki, natijada faktorlardan faqat birining
о‘zgarishi hodisaning о‘tish jarayoniga qanday ta’sir kо‘rsatishini tekshirish 
imkoniyati tug‘iladi. Boshqacha qilib aytganda, eksperimentda “tozaroq
sharoitlar” yaratish mumkin. Bu esa tajribada aniqlanayotgan kattaliklarni 
aniqroq
о‘lchashga imkoniyat yaratadi.
Umuman, tajriba deganda faktlarni qayd qilishnigina emas, balki faktlarni 

sistemaga keltirish, hodisa yoxud jarayonni xarakterlovchi fizik kattaliklar


orasidagi bog‘lanishni ham sifat, ham miqdoriy jihatdan aniqlashni tushunish 
lozim.

Tajribalarda yig‘ilgan axborotlar hodisani tushuntirish uchun gipoteza 


(ilmiy faraz)lar yaratishga asos b


о‘lib xizmat qiladi. Gipotezani mantiqan 
rivojlantirish tufayli vujudga keladigan natijalar tajribalarda tasdiqlanmasa,
bunday gipoteza sinovdan 
о‘tmagan, ya’ni xato gipoteza hisoblanadi.
Aksincha, gipotezadan kelib chiquvchi natijalar tajribalarda tasdiqlangan 

taqdirda gipoteza fizik nazariyaga aylanadi. Fizik nazariya bir sohadagi bir qator


hodisalarni, ulaning mexanizimi va qonuniyatlarini tushuntira olishi kerak. 
Bundan tashqari, fizik nazariya qayd qilinmagan yangi hodisalarni oldindan
aytib bera oladi. Agar bu yangi hodisalar tajribada qayd qilinsa, nazariya yana 
sinovdan
о‘tgan bо‘ladi. Shuni ham qayd qilmoq lozimki, nazariyalar ham vaqt 
о‘tishi bilan rivojlantiradi. Eksperiment texnikasini о‘sishi bilan yangi hodisalar
kashf etiladiki, ularni tushuntirishga nazariya ojizlik qilishi mumkin. Bu 
hollarda nazariyaga “tuzatma” kiritiladi. Demak, fizik nazariyalarning yaratilishi
va sinalishi tajribalar bilan boshlanadi hamda tajribalar bilan isbotlanadi va 
rivojlantiriladi.



Download 389.37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Download 389.37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti fizika kafedrasi fizika fanidan ma’ruzalar matni

Download 389.37 Kb.