Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizika va texnika




Download 389.37 Kb.
bet4/86
Sana22.12.2023
Hajmi389.37 Kb.
#126669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org
01 FOZILOV AKMALJONni YURIDIK PSIXOLOGIYA, Kondensatorning aperiodik chegaraviy aperiodik va tebranma zaryadsizlanishi, elektronika-va-sxemalar-fanini-raqamli-texnologiyalar-asosida-o-qitish-metodikasi, 1. Bolalar uchu-WPS Office, Google for Education, Xurramov Og’abek 3mahsulot sifati, avtomobil yollarini yol poyini qurish, Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. Yo’l harakatining , Magistrlik Dissertatsiyasi SoataliyevR.R.., 1.STEAM.M.Abjalova, Slayd one, Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixi va avlodlari fayllar org, Mavzu Iqtisodiyot nazariyasi faniga kirish-muhaz.org, Mavzu ilmiy uslub va uning xususiyatlari
2.Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizika va texnika. 
Fizika bizning eramizdan ilgariroq vujudga kelgan fan,
о‘sha vaqtda uning 
tarkibiga hozir kimyo, astronomiya, biologiya, geologiya deb nom olgan bir



7
qator tabiiy fanlar ham kirgan. Keyinchalik, ular mustaqil fanlar darajasida 


shakllangan. Umuman, fizika va boshqa tabiiy fanlar orasida keskin chegara


mavjud emas. Bu s
о‘zlarning dalili sifatida kimyoviy fizika, geofizika, biofizika
kabi birlashgan fanlarning vujudga kelishini k
о‘rsatish mumkin. Boshqacha
qilib aytganda, fizikani barcha tabiiy fanlarning poydevori deb hisoblash 
mumkin. Shuning uchun ham Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino kabi
buyuk mutafakkir olimlarimizning ilmiy meroslarida ham fizikaga oid talaygina 
original fikrlar topilyapti.
Fizikaning va texnikaning rivojlanishi 

о‘zaro chambars–chars bog‘liq.


Ajoyib fizik kashfyotlar ertami–kechmi texnikada katta 
о‘zgarishlar yasaydi.
Masalan, elektromagnit t
о‘lqinlarni tarqatish va qayd qilish, ya’ni
radioaloqaning ixtiro qilinishi radiotexnikaga hayot bag‘ishladi. Ikkinchi misol, 
neytronlar va ular ta’sirida og‘ir yadrolar b
о‘linishining kashf qilinishi yadroviy 
energetikaga asos soldi.
О‘z navbatida texnika taraqqiyoti fizikaning 
rivojlanishini rag‘batlantiruvchi muhim omildir. Birinchidan, texnika fizika fani
oldiga yangi vazifalar q
о‘yadi. Ikkinchidan fiziklarni yangi materiallar, aniqroq
asboblar va qurilmalar bilan ta’minlaydi. Masalan, hozirgi vaqtda yadroviy 
tadqiqotlarni zamonaviy texnika taraqqiyotini
о‘zida mujassamlashtirgan 
qurilmalar (yadroviy reaktor, sinxrofazotron, yarim
о‘tkazgichli mikrosxemalar, 
elektron–hisoblash mashinalar)siz tasavvur qilib b
о‘lmaydi, albatta. 
Fizika fani erishayotgan yutuqlar falsafiy dunyoqarashlarni rivojlantiradi. 

Masalan, XIX asr oxiri va XX asr boshidagi fizik kashfiyotlar (radioaktivlik,


elektron massasining tezlikka bog‘liq ravishda 
о‘zgarishi, energiya va
massaning 
о‘zaro bog‘liqligi, elektron–pozitron juftining annigilyatsiyasi,
nisbiylik nazariyasi va shunga 
о‘xshash) kо‘pgina fizik tasavvur va
tushunchalardan voz kechishni talab qildi. Bu esa bir qator olimlar tomonidan 
dunyoni idealistik talqin qilish y
о‘lidagi bahonalardan biri bо‘ldi.
Vaholanki, fan rivojlanishi bilan tabiatda sodir b

о‘luvchi hodisalarning


mohiyatini anglashda inson bilimi boyib boradi. Tabiiy fanlarga, xususan 
fizikaga, tugallangan fan deb qarash mumkin emas. Fizika fani uzluksiz
rivojlanib boradi, bu rivojlanish jarayonida fizik tushunchalar, qonuniyatlar 
boyiydi va chuqurlashadi. Materiya tuzilishi haqidagi birorta ham fizik
tasavvurni tugallangan deb hisoblash mumkin emas.
Fizik tasavvurlar oboyektiv reallikdan taxminiy nusxa (kopiya) b

о‘lib,
ular k

о‘pqirrali haqiqatning ayrim bosqichlarini aks ettiradi. Shuning uchun
dialektik materializm pozitsiyasidan fizika yutuqlariga yondashish “krizis”larni 
bartaraf qiladi va fanning rivojlanishiga k
о‘maklashadi. О‘z navbatida, 
fizikaning yutuqlari dialektik materializmning rivojlanishiga kattagina hissa
q
о‘shadi. Bunda akademik S.I.Vavilovning quyidagi sо‘zlarini eslash о‘rinli: 

“Fizika prinsiplari va qonunlarining, asosiy tushunchalari va ta’riflarining


nihoyat keng xarakteri bu fanni falsafa bilan yaqinlashtiradi. Fizika fanning 
mohiyati haqidagi aniq tasavvurlarga ega b
о‘lmasdan turib falsafiy jihatdan 
ma’lumotli b
о‘lish mumkin emas”. 
Fizika fanning taraqqiyoti boshqa fanlarning rivojlanishiga ham hissa 

q
о‘shayapti. Masalan, kimyo va biologiya fanlarida oxirgi kashfyotlarning 




8
aksariyati nazariy va ekspermental fizika metodlariga tayangan holda amalga 


oshyapti. Shuning uchun ham S.I. Vavilov fizikani zamonaviy fanning “shtabi”


deb atagan. Demak, ilmiy–texnik taraqqiyot bilan baravar qadam tashlaydigan 
har bir muhandis fizikaning asosiy qonunlariga oid bilimni egallashi shart.
Fizika ta’limning zamonaviy fan yutuqlariga nisbatan sifati hali 

k
о‘ngildagidek emas. Jumladan, I. Nyuton, R. Dekardning klassik darajasidan 


boshlangan tabiatshunoslik, A. Enshteyn, V. Geyzenberg nomlari bilan bog‘liq
noklassik darajadan 
о‘tib, I. Prigojin, G. Xakenning noklassik rivojlanishidan
keyingi darajasiga yetdi. Ayni vaqtda, maktab, oliy 
о‘quv yurti va undan keyingi
bosqichdagi tabiatshunoslik ta’limi hamon klassik darajada qolib ketmoqda. 
YA’ni ta’limning zamonaviy tabiatshunoslik yutuqlariga nisbatan sifatini
qoniqarsiz deb aytish mumkin.

Download 389.37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Download 389.37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Fizika va texnika

Download 389.37 Kb.