O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti fizika kafedrasi fizika fanidan ma’ruzalar matni




Download 389.37 Kb.
bet7/86
Sana22.12.2023
Hajmi389.37 Kb.
#126669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org
01 FOZILOV AKMALJONni YURIDIK PSIXOLOGIYA, Kondensatorning aperiodik chegaraviy aperiodik va tebranma zaryadsizlanishi, elektronika-va-sxemalar-fanini-raqamli-texnologiyalar-asosida-o-qitish-metodikasi, 1. Bolalar uchu-WPS Office, Google for Education, Xurramov Og’abek 3mahsulot sifati, avtomobil yollarini yol poyini qurish, Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. Yo’l harakatining , Magistrlik Dissertatsiyasi SoataliyevR.R.., 1.STEAM.M.Abjalova, Slayd one, Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixi va avlodlari fayllar org, Mavzu Iqtisodiyot nazariyasi faniga kirish-muhaz.org, Mavzu ilmiy uslub va uning xususiyatlari
dinamika deyiladi. Mexanikada jismni mehanik harakatga keltira oladigan
kuchlar mavjud bo`lganda ham kuzatilayotgan jism o`zining nisbiy tinch yoki 
muvozanat holatini saqlaydigan hodisalar ham o`rganiladi.
Mexanikaning kuch ta'sirida jismlarning muvozanat holatlarini saqlash 

shartlarini o`rganadigan bo`limiga statika deyiladi.


Bir harakatning o`zi turli jismlarga nisbatan qaralsa. Turlicha bo`lib 

ko`rinishi mumkin. Misol uchun harakatdagi avtobus salonida o`tirgan passajir


haqida konduktor "passajir harakatsiz o`tiribdi",–deb aytadi. O`tib ketayotgan 
avtobusni kuzatuvchi esa, "passajir mendan uzoqlashib bormoqda",–deydi.
Passajir harakatsiz o`tiribdi, deb aytayotgan konduktor passajirning vaziyatini 
salondagi narsalarga nisbatan qaraydi, kuzatuvchi esa passajirning vaziyatini



10


o`ziga nisbatan yoki yonida turgan jismlarga nisbatan kuzatadi. Ikkala
kuzatuvchi passajirning vaziyatini boshqa–boshqa ikki jismga nisbatan 
kuzatayotgani uchun turlicha hulosaga keladilar. Aslini olganda, ularning 

ikkalasi ham haqlidir. Shuning uchun jismning harakatini tasvirlashda, ya'ni


uning vaziyatining uzgarishini ko`rsatishda, berilgan jismning harakati qaysi 
jismga yoki jismlar sistemasiga nisbatan qaralishini tanlab olish kerak.
1–rasm. 

Mazkur jismning harakati qanday jism yoki jismlar sistemasiga nisbatan 


qaralayotgan bo`lsa, o`sha jism yoki jismlar sistemasi sanoq boshi sistemasi 



yoki sanoq sistemasi deb ataladi. Erda jismlarning harakatini tekshirganda
sanoq sistemasi qilib odatda Er yoki Erga nisbatan harakatsiz bo`lgan turli 
jismlar olinadi. Sanoq sistemasi qilib olingan jismga biror koordinatalar
sistemasi boglanadi va bunga nisbatan jismlar harakati o`rganiladi. Odatda to`gri 
burchakli Dekart koordinatalar sistemasi qo`llaniladi. Bu holda jism turgan A
nuqtaning vaqtning istalgan paytidagi vaziyati biror shartlashib olingan 
masshtabda OH o`q bo`yicha o`lchangan x, OY o`q bo`yicha o`lchangan y va
OZ o`q bo`yicha o`lchangan z masofalar bilan to`liq aniqlanadi. x, y, z 
kesmalar A nuqtaning koordinatalari bo`ladi.
Jismlarning harakati haqidagi ko`pgina amaliy masalalarda berilgan 

jismlarning o`lchami va shakli rol' o`ynamasdan, balki ularning faqat massasi


muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Bu holda real jismni shu jism massasiga teng 
massaga ega bo`lgan nuqta deb qarash mumkin. Ko`rilayotgan harakatda shakli
va o`lchamlarini e'tiborga olmasa ham bo`ladigan jism moddiy nuqta deb 
ataladi. Masalan, Yerning Quyosh atrofidagi harakatini o`rganishda Yer va
Quyoshni moddiy nuqtalar deb olish mumkin. Yerning o`z o`qi atrofidagi 
harakatini o`rganishda esa Yerni moddiy nuqta deb qarash mumkin emas,
chunki Yerning shakli va o`lchamlari uning aylanma harakati harakteriga ancha 
ta'sir ko`rsatadi.


Download 389.37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86




Download 389.37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti fizika kafedrasi fizika fanidan ma’ruzalar matni

Download 389.37 Kb.