Spontan va induksiyalangan nurlanish. lazerlar




Download 389,37 Kb.
bet81/86
Sana22.12.2023
Hajmi389,37 Kb.
#126669
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-fayllar.org
01 FOZILOV AKMALJONni YURIDIK PSIXOLOGIYA, Kondensatorning aperiodik chegaraviy aperiodik va tebranma zaryadsizlanishi, elektronika-va-sxemalar-fanini-raqamli-texnologiyalar-asosida-o-qitish-metodikasi, 1. Bolalar uchu-WPS Office, Google for Education, Xurramov Og’abek 3mahsulot sifati, avtomobil yollarini yol poyini qurish, Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. Yo’l harakatining , Magistrlik Dissertatsiyasi SoataliyevR.R.., 1.STEAM.M.Abjalova, Slayd one, Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixi va avlodlari fayllar org, Mavzu Iqtisodiyot nazariyasi faniga kirish-muhaz.org, Mavzu ilmiy uslub va uning xususiyatlari
4.Spontan va induksiyalangan nurlanish. lazerlar. Kvant sistema
(masalan, atom yoki molekula) ning foton chiqarishi bilan bogliq bo`lgan kvant 
o`tishni yuzaga keltiruvchi sababga ko`ra ikki tur nurlanishga ajratiladi. Agar bu
sabab ichki bo`lsa va uygotilgan energetik sath (W


2
) dagi atom yoki 
molekulaning normal yoki quyiroq energetik sath W
1
ga o`tishi tashqi tasirsiz, 

yani o`z–o`zidan sodir bo`ladigan nurlanishga spontan nurlanish deb ataladi.





84


Odatdagi yorugliku manbalari asosan spontan nurlanish chiqaradi va bu
nurlanish nokogerent nurlanishdan iborat bo`ladi. Kvant sistema (atom va 
molekula) uygotilgan energetik sath W
2
dan quyiroq energetik sath W

1
ga

tashqi tasiri sababli majburiy o`tishda vujudga keladigan nurlanishga majburiy
nurlanish yoki induksiyalangan nurlanish deyiladi. 
Ko`pincha induksiyalangan nurlanish yoruglik kvanti hv tasirida sodir 

bo`ladi. Masalan, hv kvant energiya yutgan uygotilgan W


2
sathdagi atom yoki 

molekula quyiroqdagi W


1
sathga o`tganda ikkita bir hil, bir tomonga yo`nalgan 

kvant energiyali induksiyalangan nurlanish chiqara boshlaydi. Induksijylangan


nurlanish uni majbur etuvchi birlamchi nurlanish bilan o`zaro kogerent, 
chastotalari, fazalari, tarqalish yo`nalishi va qutblanish tekisligi aynan bir hil
bo`ladi. Bu hossalar jismdan o`tayotgan nurlanishni kuchaytirishga sababchi 
bo`ladi.
1954 yilda sovet olimlari N.G.Basov va A.M.Prohorov, shuningdek 

amerikalik CH.Tauns bir–birlaridan mustasno holda induksiyalangan


nurlanishdan foydalanib birinchi bo`lib, O`YUCH diapazonidagi 
27
,

1


=
λ
sm 

to`lqin uzunlikli elektromagnit nurlanish beradigan mazer deb atalauvchi


generatorni yaratdilar. 1963 yilda bu ishlar uchun Basov, Prohov va Taunsga 
Nobel mukofoti berildi. Bu qurilmasining ishlashi ammiak molekulalarining
induksiyalangan nurlanishiga asoslanganligi uchun molekulyar generator deb 
nom berildi.
1960 yilda Amerikada ishchi moddasi yoqutdan iborat bo`lgan, spektrning 

ko`rinadigan dippazonida ishlovchi lazer deb ataluvchi qurila yaratildi. Bu optik


kvant generatori (okg) to`lqin uzunligi
3
,

694

=
λ
nm va impuls quvvati 10 Vt 

bo`lgan impulsli kuchlanish hosil qiladi. Yoqut, alyuminiy oksidi Al


2
O

3
kristalining ~0,005% hrom (Sg) aralashmasidan iborat, och qizil rangli nur 


chiqaradigan OKG ning ishlashi uchun yuqorida qarab chiqilgan ikki energetik
sath etarli emas, 

16–rasm. 

Yoqut kristalidagi hrom ionlarining enengetik sathlari indluksiyalangan 

nurlarni chiqarish hususiyatiga egadir. Yoqutli lazerlarning ishlashida


tasirlangan uchta energetik sathlardan foydalaniladi. Lampaning kuchli 
chaqnashidan hrom ioni 3 energetik sathga o`tib, 10
–8
s vaqtdlan keiin nur 

chiqarmasdan o`z–o`zidan 2 metastabil sathga o`tadi. Tashqi elektromagnit


to`lqin tasirida hrom ioni 2 energetik sathdan 1 energetik sathga o`tishida 
induksijylangan nurlanish–lazer nurlari hosil bo`ladi.
Yoqutli lazerning tuzilishi shematik ko`rinishda tasvirlangan. Lazerning 

aktiv moddasi silindr shakldagi yoqut kristali bo`lib, uning asoslari nihoyat





85


darajada sillliqlangan. Yoqut silindrning bir uchi to`liq ko`zgu, ikkinchi uchi esa
yarim shaffof bo`ladi. Silindrsimon yoqut kristalini spiral shakli gaz zaryad 
lampasi bilan o`ralgan. Bu lampalarning kuchli ko`kimtir yashil yorugligi hrom
ionlarini 1 energentik sathdan 3 energetik sathga ko`taradi va ozgina vaqt 
o`tishi bilan 2 energetik sathni uygotilgan hrom ionlari "o`ta egallab" oladi.
Uygotilgan hrom ionlari 2 energetik sathda 1 energetik sathga o`tganda har hil 
yo`nalishda hosil bo`lgan induksiyalangan nurlanishlarning faqat kristall o`qi
bo`ylab yo`nalgani uning uchlaridan ko`p marta qaytadi va kuchli lazer nuri 
ko`rinishida yoqutning shaffof tomonidan tashqariga chiqib ketadi.
Impulsli rejimda ishlaidigan yoqutli lazerdan tashqari, uzluksiz 

ishlaydigan gazli, yarim o`tkazgichli lazerlar ham mavjuddir. Gazli lazerlarda


ishchi modda gaz (yoki gaz aralashmasi) bo`ladi. Masalan, geliy–neonli lazerda 
ishchi modda geliy va neon aralashmalaridan iboratdir. Gaz aralashmasi elektr
zaryadi bilan aktivlashgan holga keltiriladi. Optik rezonatorpdagi ko`zgular nay 
o`qi bo`yicha yo`nalgan kogerent yoruglikgning generasiyalanishiga sharoit
yaratadi. Natijada yarim shaffof ko`zgu orqali hosil bo`lgan lazer nuri chiqadi. 
Gazli lazer spektrning ko`zga ko`rinadigan och qizil nuri (to`lqin uzunligi
633

=
λ


nm) ni, infraqizil (

1150
=


λ

nm) nurini generasiyalaydi.


Yarim o`tkazgichli lazerlarda ishchi modda yarimo`tkazgichlardir. 

Yarimo`tkazgichlarda ishchi modda optik tezlik va elektronlar oqimi yordamida


aktiv holatga keltirilishi mumkin. Bunda yarim o`tkazgichli diod qalinligi 0,1 
mm va yuzi bir necha mm
2
bo`lgan kristall plastinkadan iboratdir. 

Plastinkaning ikki tomoniga elektrodlar ulanadi. To`lqin uzunligining keng


diapazonida, yani ultrabinafshadan infraqizilgacha oraliqda ishlovchi yarim 
o`tkazgichli lazerlarni yaratish mumkin. Bunday lazerlarning tuzilishi sodda,
ulchami kichik va uzoq vaqt ishlay oladi. 
Lazerlar turli sohalarda keng qo`llanshiga ega. Masalan, lazer nuri bilan 

Oyni lokasiya qilib, Erdan Oygacha bo`lgan masofani juda katta aniqlikda


o`lchangan. Lazer yordamida tedevidenieda bir yo`la 80 million aloqa kanali 
orqali eshittirish olib borish mumkin. Lazer nuri telefonda ham ishlatilmokda.
Bunday telefon aniq tovush eshitilishi halaqit beruvchi chastotalarning yo`qligi 
bilan ajraladi.
Shunday qilib, lazer nurlari fizika, biologiya, himiya, astronomiya, 

medisina va shu kabi fan va tehnikaning turli sohalarida nihoyatda keng


yo`nalishga ega bo`lmokda. 



Download 389,37 Kb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Download 389,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Spontan va induksiyalangan nurlanish. lazerlar

Download 389,37 Kb.