113
vazifasini oʻtaydi. Bu toʻgʻri befarqlik egri chizigʻi tufayli yuqoridagi
ikki Tovar bir-birining oʻrnini mukammal bosa oladi.
Mutloq bir-birini toʻldiruvchilar:
Tasavvur qiling, kimdir sizga
oyoq kiyimlar toʻplamini tavsiya etdi. Ularning ba’zilari oyogʻingizga
mos tushdi, ba’zilari esa yoʻq. Siz ularni qanday baholar edingiz? Bu
vaziyatda siz, albatta, oʻlchami mos kelganlarga e’tibor qaratasiz.
Boshqa soʻz
bilan aytganda, siz faqat tanlab olgan oyoq kiyimlaringiz
ustidan “hukm chiqarasiz”. Beshta chap va yettita oʻng poy oyoq
kiyimidan faqat beshta juftlik olishingiz mumkin.
Agar chap jufti boʻlmasa, ikkita oʻng
oyoq kiyimni olganning
foydasi yoʻq. Biz chap va oʻng oyoq kiyimlarining befarqlik egri
chizigʻiga qanday mos kelishini 5-b chizmada tasvirlaymiz. Bu yerda 5
ta oʻng va 5 ta chap oyoq kiyimlari 5 ta oʻng va 7 ta chap hamda 5 ta
chap va 7 ta oʻng oyoq kiyimlari bilan teng rol oʻtaydi. Shuning uchun
befarqlik egri chizigʻi toʻgʻri chiziqlardir. Toʻgʻri chiziqli befarqlik egri
chizigʻi holatiga koʻra biz ikki xil variant bir-birining oʻrnini toʻla bosa
oladi deyishimiz mumkin. Haqiqiy hayotda, albatta, na mukammal oʻrin
Qachonki ikkita tovar xuddi 5 sentlik tanga bilan 10 sentlik tanga kabi bir-
birining oʻrnini oson egallasa, befarqlik egri chizigʻi toʻgʻri chiziq boʻladi (a).
Qachonki ikkita mahsulot chap va oʻng oyoq kiyimlari kabi bir-biriga kuchli
bogʻlangan boʻlsa, befarqlik egri chizigʻi toʻgʻri burchak ostida boʻladi (b).
114
bosa oladi (nikel va sent pullar kabi)
va na mukammal bir-birini
toʻldiradi (oʻng va chap oyoq kiyimlari kabi). Odatda, befarqlik egri
chizigʻi ichki xohishdan kelib chiqadi, toʻgʻri
chiziq kabi bir xil
boʻlavermaydi.