• Iste’molchining eng qulay tanlovi
  • Iste’molchi uchun optimal nuqta
  • Optimallashtirish: iste’molchi nimani tanlaydi?




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/366
    Sana17.05.2024
    Hajmi7,53 Mb.
    #240249
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   366
    Bog'liq
    O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

    7.3.Optimallashtirish: iste’molchi nimani tanlaydi? 
     
    Bu bobning ham maqsadi iste’molchi qanday qilib tanlovni amalga 
    oshirishini tushuntirish hisoblanadi. Bizda analiz ushun ikkita muhim 
    manba mavjud: iste’molchining moliyaviy ahvoli (u qancha pul sarflay 
    oladi) va iste’molchining xohishlari (u nimaga pulini sarflaydi). Endi biz 
    ushbu ikki qismni birlashtirib, iste’molchining nima xarid qilish 
    haqidagi qarorini tahlil qilamiz. 
    Iste’molchining eng qulay tanlovi 
    Oʻzimizning qadrdon Pepsi va pitsamizni yana bir marotaba 
    “davraga taklif etamiz”. Iste’molchi oʻzi uchun eng yaxshi boʻlgan Pepsi 
    va pitsa xaridi variantiga toʻxtashi mimkin – bu uning eng soʻnggi 
    tanlovi boʻladi. Ammo, iste’molchi oʻz byudjet sigʻimiga ham qarashi 
    kerak. Chunki bu uning yagona moliyaviy oʻlchov manbasi hisoblanadi. 
    Iste’molchi uchun optimal nuqta 
    Iste’molchi yuqori befarqlikka ega boʻlgan byudjet 
    chizigʻidagi nuqtani tanlaydi. Bu optimal nuqtada 
    chekli almashtirish normasi ikkita mahsulotning bir-
    biriga aloqador narxiga teng boʻladi. Bu yerda yuqori 
    befarqlikka I
    2
    grafikda tasvirlangan iste’molchi 
    erishadi. Iste’molchi I
    3
    befarqlik egri chizigʻidagi A
    nuqtani tanlasa, bunday miqdordagi pepsi va pitsani 
    sotib olishga qurbi yetmaydi.


    115 
    Oltinchi chizma iste’molchining byudjet sigʻimi va befarqlik egri 
    chizigʻi variantlaridan uchtasi tasvirlangan. Iste’molchi yetishishi 
    mumkin boʻlgan eng befarqlik egri chizigʻi variant bu chizmada uning 
    byudjet sigʻimiga tekkan nuqtadir (asimptota oʻqi). Byudjet sigʻimi va 
    befarqlik egri chizigʻi kesishgan nuqta optimal nuqta deyiladi. 
    Iste’molchi 
    A
    nuqtani afzal koʻrishi mumkin, ammo, byudjet taqchilligi 
    bois u nuqtaga “chiqa olmaydi”. Iste’molchi 
    B
    nuqtani ham tanlashi 
    mumkin, bu nuqtada befarqlik egri chizigʻi mavjud, lekin bu nuqta uni 
    qoniqtirmaydi. Optimal nuqta Pepsi va pitsaning eng zoʻr
    kombinatsiyasi mavjud boʻlgan nuqta hisoblanadi. 
    Eslab qoling: optimal nuqtada befarqlik egri chizigʻi va byudjet 
    sigʻimi teng boʻladi. Biz befarqlik egri chizigʻini urinma, byudjet 
    sigʻimini oʻzgarmas deb olamiz. Urinish nuqtasi Pepsi va pitsa oʻrtasida 
    ham byudjet tomonidan, ham qoniqish tomonidan eng befarqlik egri 
    chizigʻi. Xullas, 
    iste’molchi ikki xil tovarni tanlaydi, shuning uchun 
    befarqlik egri chizigʻi nisbiy qiymatga ega boʻladi.
    Yettinchi 
    boʻlimda 
    biz 
    bozor 
    narxlari 
    iste’molchining 
    mahsulotlariga munosabatini koʻrib oʻtgan edik. Iste’molchi tanlovini 
    tekshirish ba’zi xulosalarning aslida boshqachaligini koʻrsatmoqda. 
    Tanlovni amalga oshirishda iste’molchi narxlarni koʻrib chiqadi songra, 
    befarqlik egri chizigʻi bilan nisbiy narx toʻgʻri keladigan optimal 
    variantni tanlaydi. Nisbiy narx bu bozor sotishiga, iste’molchi esa xarid 
    qilishiga mos boʻlgan narx hisoblanadi. Iste’molchining byudjeti
    optimal qiymatida bozorning narx taklifi va iste’molchi sigʻimi teng 
    boʻladi. Iste’molchi byudjet optimali tufayli bozor narxlari iste’molchi 
    xarid qila olishi mumkin boʻlgan tovarlar sonini cheklaydi. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   366




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Optimallashtirish: iste’molchi nimani tanlaydi?

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish