Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

Iqtisodiy renta - bu taklifi chegaralangan resursga toʻlanadigan 
narxdir. 
2. Daromadlarni taqsimlanishi 
Daromadlar turi. Daromadlar iqtisodiyot nazariyasiga koʻra ishlab 
chiqarishda qatnashgan omillarning shu ishlab chiqarishdan olinadigan 
umumiy daromadga qoʻshgan hissasi boʻyicha taqsimlanadi. Ishlab 
chiqarilgan mahsulotlardan tushadigan daromadni bunday taqsimlanishi 
jamiyat uchun kerakli boʻlgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni 
ragʻbatlantiradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar jamiyatdagi 
insonlarning turmush darajasini belgilab beruvchi baza hisoblanadi va 
bu boylikdan jamiyatdagi har bir shaxsning oʻz ulushini olishi bozor 
sharoitida tengchilikka asoslanmaydi. Lekin, bunday taqsimlanishning 
tenglikka asoslanmaganligi koʻpchilikni qoniqtirmaydi. Shuning uchun 
ham davlat daromadlardagi notekislikni yumshatish uchun oʻzining 
daromad siyosatini amalga oshiradi. 
Ishlab chiqarish omillari egasining daromadi omillar bozorida 
aniqlanadi. Ma’lumki, korxona egalari ishlab chiqarish omillarining 
egalariga (ishchi kuchi, kapital, erga) har bir omilning chekli 
S 
W 
E
2
W
1
D
2
E
1
W
0
D
1
L 
L 
Iqtisodiy renta 


314 
mahsulotiga koʻra haq toʻlaydi. Ishlab chiqarish resurslari xarajatlarini 
toʻlagandan keyingi qolgan daromad korxona ixtiyorida qoladi va unga 
korxona egalarining iqtisodiy foydasi deyiladi. 
Mukammallashgan bozor nazariyasiga koʻra, mukammallashgan 
bozorda ishlab chiqarish omillari egalari korxonadan, shu korxonada 
ishlatilgan omillari uchun olgan haqi, shu omillarning chekli 
mahsulotiga aniq teng boʻlsa, u holda iqtisodiy foyda nolga teng boʻladi 
(agar masshtab samarasi oʻzgarmas boʻlsa). 
Ma’lumki, korxonalar oʻz kapitaliga ega, shu sababli ular oʻz 
kapitalini ishlatgani uchun foyda oladilar.
Shunday qilib, bozor sharoitida quyidagi daromadlar asosiy 
daromadlar hisoblanadi: ishchi kuchi daromadi, kapitalga daromad 
(foizlarda), kichik firmalar daromadi, renta - er egalari daromadi, sof 
foyda. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish