• Iqtisodiy renta
  • Real foiz stavkasi
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet160/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    Nominal va real daromadlar. Nominal daromad - bu soliq va 
    narxlarning oʻzgarishiga bogʻliq boʻlmagan daromad darajasi. Real 
    daromad - bu narxlarni va boshqa toʻlovlarning oʻzgarishini hisobga 
    olgandagi daromad. Real daromadni aniqlashda umumiy daromaddan 
    soliq va boshqa toʻlovlarni ayirib, uni narxlar oʻzgarishiga 
    (inflyatsiyaga) koʻra qayta hisoblaydi. 
    Ish haqi - ishchi kuchidan foydalanganligi uchun toʻlanadigan 
    qiymat. Ish haqi stavkasi ham ish haqining bir turi boʻlib, ishchi kuchi 
    mehnatidan foydalangan bir birlik vaqt uchun toʻlanadigan ish haqi (bir 
    soatlik, bir kunlik, bir oylik). 
    Iqtisodiy renta - cheklangan resursdan foydalangani uchun 
    toʻlanadigan narx. 
    Umumiy 
    daromad 
    Ishlab chiqarish omillari 
    harajati 
    Iqtisodiy 
    foyda 




    315 
    Kapitalga daromad - bu foiz deyiladi. Amalda kapitalga daromad 
    ikki xil boʻladi. Agar kapital pul shaklida boʻlsa, pul beruvchilar ssuda 
    foizi boʻyicha daromad oladi. Agar kapital buyumlashgan shaklda 
    boʻlsa, u kapitalga koʻra umumiy daromaddan ulush oladi. 
    Real foiz stavkasi nominal stavkadan (pulda ifodalangan 
    stavkadan) inflyatsiya darajasini ayrilganiga teng. 
    Tadbirkorlik daromadi - bu ishlab chiqarish resurslaridan 
    samarali foydalanganligi uchun tadbirkor oladigan daromad. 
    Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarda iqtisodiyotning 
    noformal sektori, ya’ni yashirin iqtisodiy sektorda (rus tilida tenevaya 
    ekonomika) yashirin daromad mavjud boʻladi. 
    Yashirin daromad ham ikki xil boʻladi. Birinchisi - pora olish 
    (korruptsiya), giyohvand moddalar sotish, kontrabanda va boshqa 
    sohalardan olinadigan yashirin daromad. Ikkinchisi - patentsiz va 
    litsenziyasiz sotish faoliyati bilan shugʻullanishdan tushadigan daromad 
    va soliq xizmatidan yashirilgan daromad. 
    Davlat oʻzining daromad siyosatini amalga oshirishda aholini 
    turmush darajasini ifodalovchi agregat koʻrsatkichlardan foydalanadi. 
    Ana shunday koʻrsatkichlardan biri - yalpi ichki mahsulotdir (YaIM). 
    YaIMni aholi jon boshiga hisoblagandagi koʻrsatkich aholini 
    turmush darajasini ifodalovchi koʻrsatkich boʻlib, u har bir aholi jon 
    boshiga jami ishlab chiqarilgan (bir yil davomida) mahsulotning qancha 
    qismi toʻgʻri kelishini koʻrsatadi. Lekin, bunday taqsimlanish aholi 
    daromadining differentsiallashganligini (har xil boʻlishini) ifodalamaydi. 
    Aholining tarkibi har xil ijtimoiy qatlamlardan (ishchilar, qishloq 
    xoʻjaligidagi ishlovchilar, xizmatchilar, tadbirkorlar, oʻqituvchilar, 
    meditsina xizmati xodimlari va hokazolar) iborat boʻlgani uchun ushbu 
    guruhlardagi insonlarning daromadlari ham har xil boʻladi. Aholi 
    daromadining taqsimlanish dinamikasi iste’mol byudjeti orqali 


    316 
    oʻrganiladi. Iste’mol byudjeti ham turli xil boʻlishi mumkin: oʻrtacha 
    oila byudjeti, yuqori darajada etarli byudjet (bunga eng yuqori umumiy 
    daromad oladigan oilalarni kiritish mumkin), minimal byudjet. Minimal 
    byudjetli oilaga, oila a’zolarining (bir yillik yoki bir oylik) umumiy 
    daromadlari minimal boʻlgan oilalar kiritiladi. 
    Aholini turmush darajasini ifodalaydigan koʻrsatkichlardan biri bu 
    yashash minimum. Yashash minimumini sarflangan ishchi kuchini oddiy 
    takror tiklash uchun zarur boʻlgan daromad deb qarash mumkin. 
    Yashash minimumini minimal iste’mol korzinasi ham deb qaralishi 
    mumkin. Yashash minimumi aholini qashshoqlik chizigʻi sifatida ham 
    qarash mumkin. Yashash minimumidan past daromad oladigan 
    aholining qismi qancha koʻp boʻlsa, aholining qashshoqlik darajasi 
    shuncha yuqori boʻladi. 
    Turmush darajasini ifodalovchi koʻrsatkichlar iste’mol korzinasiga 
    koʻra hisoblanadi. Rivojlangan davlatlarda oʻrtacha daromad iste’mol 
    korzinasiga quyidagi tovarlar kiritiladi: uy-joy, avtomobil, uyning 
    zamonaviy jihozlari, audio va video texnika, sayohat qilish imkoniyati, 
    bolalarini kiyintirish, oʻqitish, ilmiy asoslangan oziq-ovqat, kiyim-
    kechak, ma’lum darajadagi jamgʻarma. 
    Odatda minimal iste’mol korzinaga boshlangʻich ehtiyojni 
    qondiradigan tovarlar kiritiladi (kiyim-kechak, oziq-ovqat, minimal 
    yashash sharoiti). 
    Jamiyatdagi barqarorlik va aholining umumiy farovonligi koʻpincha 
    ushbu aholi tarkibidagi oʻrtacha sinfdagi aholining ulushi bilan 
    ifodalanadi deb qaraladi. Oʻrtacha sinfdagi aholining mamlakatni hozirgi 
    ham siyosiy, ham iqtisodiy hayotidagi ahamiyati nihoyatda kattadir. 
    Bozor talabini shakllantirishda, ishlab chiqarishdagi faollikni ta’minlash 
    oʻrta sinfga qarashli aholiga koʻproq bogʻliq. 


    317 
    Rivojlangan davlatlarda oʻrta sinfga qarashli aholi umumiy 
    aholining 50 foizidan 70 foizigachasini tashkil qiladi. 
    Yuqorida ham ta’kidlab oʻtdikki, bozor iqtisodiyoti oʻz-oʻzidan 
    jamiyatdagi daromadlarni tekis taqsimlashni ta’minlamaydi, shuning 
    uchun ham bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda har doim oʻta 
    qashshoq, boy va oʻta boy aholi guruhlari saqlanib qoladi. 
    Tsivilizatsiyalashgan 
    davlatlardagi 
    iqtisodiy 
    siyosat 
    aholi 
    daromadlaridagi keskin ravishda katta boʻlgan farqlarni qisqartirishga, 
    daromadlarni koʻproq adolatli qayta taqsimlashga qaratilgan. Har bir 
    tsivilizatsiyalashgan davlat nogironlarni, nafaqaxoʻrlarni, koʻp bolali 
    oilalarni ijtimoiy himoya qilishni oʻz boʻyniga olishi zarur. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish