318
1-rasm.
Lorents egri chizigʻi.
Odatda aholini besh qismga boʻladi, ya’ni besh kvintelga.
Har bir
kvintelga (beshdan bir qismiga) aholining 20 foizi kiradi. Aholining
qismlari koordinata oʻqiga eng kam daromadga ega boʻlgan
qismidan
boshlab to eng koʻp daromad oladigan qismigacha boʻlgan ketma-
ketlikda joylashtiriladi.
Agar aholining barcha qismlari oladigan daromad bir xil boʻlsa,
ya’ni daromad tekis taqsimlangan boʻlsa, u holda 20 foiz aholiga 20 foiz
daromad toʻgʻri keladi, 40 foiz aholiga 40 foiz daromad toʻgʻri keladi va
hokazo.
Grafikdagi 0F chizigʻi daromadlarni absolyut tekis (teng)
taqsimlanganligini ifodalaydi. 0EF chizigʻi
esa absolyut notekis
taqsimlanganligini
ifodalaydi.
Lorents
egri
chizigʻi
0ABCDF
daromadlarni real, haqiqiy taqsimlanishini ifodalaydi.
Amalda aholining eng kam ta’minlangan qismiga daromadni 5-6
foizi toʻgʻri kelsa, eng boy aholi qismiga 40-45 foizi toʻgʻri keladi.
Shuning uchun ham Lorents egri chizigʻi daromadlarni absolyut tekis va
notekis taqsimlanishini ifodalovchi chiziqlar oʻrtasida joylashgan.