326
2-rasm.
Chekli oqlash normasi va ssuda foizi stavkasi
dinamikasi
Ssuda foizi stavkasi oʻzgarmas boʻlib 10% ga teng boʻlgani uchun,
uning chizigʻi abtsissa oʻqiga parallel joylashadi. Chekli oqlash normasi
doʻkonlarning sotish quvvatiga qarab oʻzgaradi, ya’ni
r
sotish masshtabi
oshishi bilan pasayib boradi.
Chekli oqlash normasi chizigʻi investitsiyaga boʻlgan talab
chizigʻini ifodalaydi. Talab chizigʻidan koʻrish mumkinki, foiz stavkasi
qancha yuqori boʻlsa, kapitalga boʻlgan talab shuncha kam va aksincha,
foiz stavkasi qancha past boʻlsa, kapital mablagʻga boʻlgan talab
shuncha yuqori boʻladi. Foydani maksimallashtiradigan sotish hajmi
i r
boʻlganda 3000 kilogrammga teng boʻladi.