• 5.4.2-rasm. Innovatsion faollikni rag‘batlantirish tizimi
  • -rasm. Innovatsiya faoliyatini faollashtirish yo‘llari




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/58
    Sana17.01.2024
    Hajmi2,43 Mb.
    #139182
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
    Bog'liq
    Innovatsion iqtisodiyot
    8007231, 5555, adabiyotlar, Pedagogik nazokat va odob-axloq mavzu pedagogik nazokat va odob-fayllar.org, Net600A, ReadMe UzLAp Office 2003, metall-konstruksiya, 12-Jo\'g\'rofiya maydonchasi, tirik tabiat burchagi, qiLVvWaIBpGpYYTD8xwgy8IY356OLNRoxcFoktWb, \'ruza. Kombinatorika elementlari. (2), 4 - amaliy ish, ilovepdf merged (1) (1), Rahmat5, 1-topshiriq, 3-topshiriq
    5.4.1-rasm. Innovatsiya faoliyatini faollashtirish yo‘llari 
    Innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay huquqiy muhitni 
    ta’minlab beruvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va 
    takomillashtirish muhim vazifalardan hisoblanadi. 
    Qonunchilik hujjatlarini o‘zaro aloqalarini hisobga olib, qonunchilik 
    tashabbusi tartibida innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay 
    huquqiy muhitni ta’minlovchi takliflarni shakllantirish tizimini ishlab 
    chiqish maqsadga muvofiqdir.
    Innovatsion faollikni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi 
    quyidalarni o‘z ichiga oladi (5.4.2-rasm). 


    187 
    5.4.2-rasm. Innovatsion faollikni rag‘batlantirish tizimi 
     
    Yangiliklarni amaliyotga joriy etish, innovatsion jarayonlarning 
    holati innovatsion loyihalarni va innovatsion faoliyat infratuzilmalarni 
    moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan moliyaviy institutlarning innovatsion 
    faoliyat bo‘yicha o‘zaro bog‘langan tizimini shakllantirishni talab etadi 
    (5.4.3-rasm). 
    Mazkur yo‘nalishni amalga oshirishda quyidagi muommalarni hal 
    etish lozim bo‘ladi: 
    soliq tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab 
    chiqish; 
    soliq solinadigan bazani aniqlashtirish; 
    soliq solish mexanizmini takomillashtirish
    korxonalarga investitsiya manbasi sifatida amortizatsion 
    jamg‘armalarni 
    ko‘paytirish 
    imkoniyatini 
    ta’minlash 
    maqsadida 
    amortizatsiya siyosatini o‘zgartirish; 
    kredit tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab 
    chiqish; 


    188 
     
    5.4.3-rasm. Mintaqada innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish 
    mexanizmi 
     
    ilmga oid uskunalar lizingini rivojlantirish; 
    chet el sheriklar bilan mahalliy ilmga oid mahsulotni chiqarish 
    va uni tashqi bozorda sotish bo‘yicha korxonalarni tashkil etish uchun 
    sharoitlarni yaratish; 
    tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish; 


    189 
    ilmiy salohiyatni yanada to‘laroq joriy etish hamda ilmiy-
    texnik, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechish uchun 
    ilmiy-texnik, ilmiy korxonalar va muassasalarning innovatsiyalarini 
    majmuaviy holda qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish; 
    innovatsionsanoat majmualari va markazlari, texnoparklar, 
    innovatsion 
    korxonalar 
    va 
    alohida 
    innovatsion 
    loyihalarni 
    moliyalashtirishning moliyaviy-iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarini 
    ishlab chiqish; 
    milliy ilmiy-texnik ishlanmalarni o‘zlashtiruvchi korxonalar 
    faoliyatni rag‘batlantirishdan iborat. 
    1. Innovatsion faoliyatning investitsiya bilan ta’minlash mexanizmini 
    takomillashtirish. Mazkur masalani yechishda ustuvor yo‘nalishlar sifatida 
    xususiy investitsiyalar bilan hamkorlikda ulushli asosda xatarning bir 
    qismini o‘z zimmasiga olgan holda yuqori samarali juda tez o‘zini qoplay 
    oladigan innovatsion loyihalar bo‘lishi lozim. Bunda quyidagi masalalar 
    echiladi: 
    ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimining 
    barqaror faolliyat ko‘rsatish me’yoriy bazani yaratish; 
    byudjet va nobyudjet innovatsiya jamg‘armalari, innovatsion 
    faoliyatni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha chet el jamg‘armalarini 
    tashkil etish; 
    tez o‘zini qoplay oladigan innovatsion loyihalarni amalga oshirish 
    maqsadida mahalliy va chet ellik xususiy investorlar uchun jozibador 
    sharoitlarni yaratish(ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish); 
    innovatsion loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq moliyaviy 
    xatarlarni sug‘urtalash tizimini joriy etishdan iborat. 
    2. Innovatsion jarayonning yaxlit infratuzilmasini shakllantirish 
    innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish muhim 
    bo‘g‘in hisoblanadi. 
    Innovatsionfaoliyat 
    infratuzilmasi 
    iqtisodiyot innovatsion 
    rivojlanishning moddiy asosi, yangi texnologik ukladlarga o‘tishning zarur 
    dasturi, 
    mintaqa 
    iqtisodiyotining 
    kichik 
    ilmga 
    oid 
    sektorini 


    190 
    mustahkamlashning 
    muhim 
    omili 
    va 
    umuman 
    iqtisodiyotdagi 
    o‘zgarishlarning Yetakchi omillaridan biridir. 
    Rivojlangan innovatsion infratuzilmalarni tashkil etish bo‘yicha 
    ishlar quyidagi tizimlarni tashkil etishni ko‘zda tutadi: 
    a) innovatsion faoliyatni axborot bilan ta’minlash tizimi quyidagi 
    ishlarni bajarni taqazo etadi: 
    innovatsion faoliyat bo‘yicha ma’lumotlar bazasi va banklarni 
    shakllantirish; 
    korxona, innovatsion markazlarning ishlab chiqarish faoliyatini 
    faollashtirish dastagi sifatida yagona axborot jamlanmasini tashkil etish 
    maqsadida ma’lumotlar bazasi va banklarga kira olish imkoniyatini 
    beradigan innovatsion faoliyatning mintaqaviy axborot-tahliliy tizimini 
    joriy etish; 
    innovatsion jarayonlarning yagona axborot tizimini ishlab chiqish va 
    ularni bosqichma-bosqich joriy etish; 
    ma’lumotlar bazasini yaratish va ularni to‘ldirish hamda ularning 
    hududlararo axborot tizimiga integratsiyasini ta’minlash; 
    turli mulkchilik shakldagi korxonalarning xo‘jalik faoliyatini 
    faollashtirish dastagi hamda mintaqada yagona axborot bazasining tarkibi 
    sifatida ishchan mintaqalararo kommunikatsiyalarni joriy etish va 
    rivojlantirish; 
    “Internet” tarmog‘ida innovatsion faoliyatni aks ettirish uchun web-
    portallarni yaratish; 
    innovatsion loyihalarning ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va 
    joriy etish; 
    “Intellektual mulkchilik” mezoni bo‘yicha samaradorlikni baholash; 
    ishlanmalar va yaratilgan intellektual mulkchilik natijalarini 
    tijoratlashtirish imkoniyatlarini baholash; 
    b) ilmiy-texnik, innovatsion tadbirkorlik sohasidagi innovatsion 
    faoliyatda ishlash uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida 
    quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi:
    milliy ilmiy-texnik mahsulotlar bozorini yaratish va shakllantirishda 
    ishtirok etadigan va ilmiy-texnik ishlanmalarni milliy va chet el ilmiy-


    191 
    texnik mahsulotlar bozorida sotishning barcha sikllarini samarali boshqara 
    oladigan yuqori kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan sifat jihatdan yangi 
    toifadagi mutaxassislarni tayyorlash; 
    integratsiyalashgan kasbiy ta’lim tizimini tashkil etish (malakaviy 
    ishchi, texnik, muhandis va boshqa barcha toifadagi kasbiy kadrlarni 
    tayyorlash) unda kadrlarni tayyorlash zamonaviy moddiy-texnik bazasidan 
    foydalangan holda bevosita ishlab chiqarish korxonalarida amalga 
    oshiriladi; 
    “Texnologiya va innovatsiyalarni tijoratlashtirish bo‘yicha menejer”, 
    “Texnologik innovatsiyalar (tarmoqlar) bo‘yicha menejer” ixtisosliklarini 
    ochish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishdan iborat. 
    v) ilmga oid mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi quyidagi 
    masalalarni yechishni talab etadi: 
    sanoat tarmoqlari bo‘yicha qo‘shma sertifikatsion tajriba laboratoriya 
    va sertifikatlashtirish organlarini tashkil etish; 
    ISO 
    seriyadagi 
    xalqaro 
    sifat 
    standartiga 
    muvofiq 
    holda 
    korxonalarning sifat tizimini ishlab chiqarish va joriy etishga 
    ko‘maklashish; 
    tajriba laboratoriyalarni faollashtirish, uning maqsadi tovar, ishlar va 
    xizmatlarni sertifikatlashtirish uchun oliy o‘quv yurtlarining ilmiy 
    salohiyatini oshirish, uslubiy bazasi, uskuna va o‘lchov texnikalaridan 
    foydalanishni yo‘lga qo‘yish; 
    ro‘yhatdan o‘tgan sertifikatlashtirish va tajriba laboratoriya bo‘yicha 
    organlarning 
    Yevropa 
    Hamjamiyatining 
    sertifikatlashtirish 
    va 
    akkreditatsiya qilish tizimlarini qo‘llash; 
    import o‘rnini bosuvchi salohiyatga ega bo‘lgan va istiqbolda 
    barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan mahsulotni aniqlash maqsadida 
    ishlab chiqarish jahon standartlariga muvofiqligini aniqlash uchun barcha 
    mintaqaviy 
    ishlab 
    chiqarish 
    tuzilmalarini 
    pasportlashtirish 
    va 
    sertifikatsiyalashtirish ishlarini olib borishdan iborat. 
    g) innovatsion loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish tizimi o‘z oldiga 
    quyidagi maqsadni qo‘yadi: 


    192 
    respublika ekspertiza ilmiy-maslahat tadqiqot markazlari kuchlari 
    bilan ilmiy darajasi, iqtisodiy samaradorligi, ekologik xafsizligini mustaqil 
    baholashni olib bora oladigan ilmiy-texnik va innovatsion loyihalar 
    ekspertizasini tashkil etish zarur. 
    d) patentli-huquqiy tizim quyidagilarni ta’minlaydi: 
    xo‘jalik aylanma intellektual va sanoat mulkchilik obyektlarini jalb 
    qilish, uni inventarizatsiya qilish va ruhsat berilmagan holda 
    foydalanishdan ishonchli himoya qilishni ta’minlashni olib borish; 
    patentli va ixtiro qilish faoliyatini moliyaviy tomondan qo‘llab-
    quvvatlash, respublika va xorijiy davlatlarda intellektual mulkchilikni va 
    unga bo‘lgan huquqni himoyalashga ko‘maklashish; 
    “Intellektual mulkchilik” mezoni bo‘yicha innovatsion loyihalar 
    samaradorligini baholashni joriy etishdan iborat. 
    e) marketing tizimi quyidagilarni nazarda tutadi: 
    ichki va tashqi bozorlarda ilmiy-texnik ishlanmalar va innovatsion 
    mahsulotlarnisotishni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadigan marketing 
    markazlarini tashkil etish; 
    raqobat qiluvchi korxonalar o‘rtasida ulushlar taqsimlanishini tahlil 
    qilish; 
    iste’molchilarning yangi mahsulotga bo‘lgan ta’sirini tahlil qilish; 
    mahsulotlarni sotish strategiyasini variantlarini tadqiq etish va 
    mahsulotni sotishni tahlil qilish; 
    mahsulot sotishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlash; 
    ishchan faollik tendensiyasini o‘rganish; 
    raqobatchilarning mahsulotlarini o‘rganish; 
    muayyan faoliyat turi uchun qonunchilik cheklovlarini o‘rganish; 
    narx-navo siyosatini ishlab chiqish uchun tegishli narxlarni 
    belgilashdan iboratdir. 
    Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish va 
    rag‘batlantirish jahon tajribalaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizdagi 
    vaziyatda innovatsion o‘sish strategiyasini amalga oshirish ustuvor 
    hisoblanadi. 


    193 
    Hozirgi 
    paytda 
    mamlakatda 
    innovatsion 
    faoliyat 
    amalga 
    oshirilayotgan sharoitlar quyidagicha tavsiflanadi: 
    qonunchilik tomonidan yaqin, o‘rta va uzoq istiqbollarga belgilangan 
    milliy maqsadlar va ularga erishish bo‘yicha aniq ifodalangan 
    mexanizmlarning yaratilganligi; 
    makroiqtisodiy barqarorlik vazifalariga bo‘ysundirilgan davlat 
    strukturalari faoliyati natijalari doim ham texnologik rivojlanish
    innovatsion 
    faoliyatni 
    qo‘llab-quvvatlash 
    maqsadlariga 
    mos 
    kelavermasligi; 
    mamlakatning milliy xavfsizligi, iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishi 
    manfaatlarini ta’minlash vositasi sifatida innovatsion faoliyatga davlat 
    tomonidan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish ehtiyojlarining hozirgi 
    siyosiy darajada aniq ifodalanmaganligi. 
    Mamlakatning milliy maqsadlarini amalga oshirishga 
    ko‘maklashuvchi innovatsion siyosat o‘tkazishni quyidagicha ifodalash 
    mumkin: 
    milliy xavfsizlikni ta’minlash; 
    iqtisodiy barqarorlikka erishish, iqtisodiyotning imkoniyatlarini 
    kengaytirish va umumiy quvvatini oshirish; 
    sanoatni texnologik qayta jihozlash, jahon bozorida mamlakatimiz 
    tovar va xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish; 
    tabiiy resurslarni asrash va ulardan oqilona foydalanish, atrof-muhit 
    muammolarini hal qilish; 
    aholining ijtimoiy muammolarini hal qilish, munosib turmush tarzini 
    ta’minlash; 
    sog‘liqni saqlash va ta’lim olish uchun imkoniyatlar yaratish; 
    oziq-ovqat, xomashyo, material va energiyaga bo‘lgan milliy 
    ehtiyojlarni kafolatli ta’minlash. 
    Boshqa mamlakatlar tajribalaridai kelib chiqqan holda innovatsion 
    jarayonning tarkibiy qismlarini quyidagicha aks ettirish mumkin: 

    Download 2,43 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Innovatsiya faoliyatini faollashtirish yo‘llari

    Download 2,43 Mb.
    Pdf ko'rish