7
siya etiladi. Muhabbat olmasi (X) Yevropani zabt eta boshlaganida un-
dan afrodiziak (organizmning
hayotiy kuchlarini, shu jumladan, jinsiy
maylni oshiruvchi) sifatida ham foydalanishgan. Fransuzlar uni «pom-
me d’amour», ya’ni “muhabbat olmasi” deb atashadi. Diqqat, bu nima?
Javob: (X)
‒ pomidor.
2-o‘quvchi: Bu o‘simlikni yevropaliklar oldiniga qabul qilishma-
gan. Keyinchalik, Napoleon Bonapart tomonidan hiyla-nayrang ishlatil-
gandan so‘ng, iste‘mol qilish ko‘paygan. Xalq tilida ikkinchi non deb
ham ataladi. Diqqat, bu nima?
Javob:
‒ kartoshka.
3-o‘quvchi: (X)ning vatani
‒ Osiyo. Qadim zamonlardan uni yunon-
lar va rimliklar davolash vositasi sifatida qo‘llashgan. U paytlarda (X)
deyarli qora rangda bo‘lgan. Mutatsiya natijasida esa
uning hozirgi sa-
riq navlari (“Mirzoyi”, “Mushak”, “Qizil”) paydo bo‘lgan. Faqat XVIII
asrdagina fransuz bog‘bonlarining sharofati bilan (X) o‘zining ishtahani
ochadigan to‘q sariq rangiga va konus shakliga ega bo‘ldi. Diqqat, bu ni-
ma?
Javob: (X) – sabzi
.
4-o‘quvchi: Kaloriyasi juda past bo‘lsa ham, to‘yimlilik hissini be-
radi, shu tufayli uni semirishdan qo‘rqmagan holda iste’mol qilish mum-
kin. Fraktallar tibbiyot, gidrologiya va moliya kabi turli sohalarda qo‘l-
laniladi. Mark Tven ushbu sabzavot haqida shunday degan
di: «(X) ‒ bu
oliy ma’lumotli oddiy karamning o‘zi». Diqqat, bu nima?
Javob: (X) – gulkaram.
4-o‘quvchi: Ular miyani erkin radikallardan himoya qiladi, oziqlan-
tiruvchi moddalar uzatilishini va organizmdan toksinlarning chiqarili-
shini yengillashtiradi. (X)ni iste’mol qilish qondagi xolesterin miqdorini
kamaytirishga yordam beradi. Tarixdan V asrda Xitoydagi zodagon
ayollarda kumushrang-qora tabassum juda urf bo‘lgan. Modaparast ayol-
lar bunga to‘q siyohrang (X)ning po‘stini tishlariga ishqalab surish or-
qali erishishgan. O‘rta asrlarda (X)ni faqat dekorativ o‘simlik sifatida
parvarish qilishgan, chunki o‘sha paytdagi shifokorlar ularni bezgak va
epilepsiya xastaliklarini keltirib chiqaradi deb o‘ylaganlar. Vaqt o‘tishi
bilan Sharq va O‘rta yer dengizi xalqlarining taomlarida
ishlatiladigan
asosiy sabzavotlardan biriga aylandi. Diqqat, bu nima?
Javob: (X) – baqlajon
.
5-o‘quvchi: vatani Markaziy Amerika hisoblanadi. Uni eramizdan
oldingi 7000-yillardayoq yetishtira boshlashgan. U Mayya, Astek va Ink
8
kabi amerika qabilalarining asosiy ozuqasi hamda madaniyatining bir
qismi bo‘lgan. Asteklar afsonasida Quyosh xudosi oltin do‘lni (X)
odamlarni boqish uchun yuborgani hikoya qilinadi. (X) Yevropaga Ya-
ngi dunyoning boshqa g‘aroyibotlari bilan birga Kolumb olib kelgan.
Oldiniga uni “hindular bug‘doyi” deb atashgan. XVI asrda uni fransuzlar
va italyanlar yetishtira boshlaydi. Ispanlar va portugalliklar tufayli Afri-
kaga borib qoladi. Xalqimizda uni dala malikasi deb atashadi. Diqqat, bu
nima?
Javob: (X) – makkajo‘xori.
6-o‘quvchi: Shveysariyada har yili eng katta (X) tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovga taqdim etiladigan (X)lar yildan yilga kattalashib bormoqda.
Endilikda ularning vazni 450 kg.ga yaqin.
Bugungi kunda ommalashib ketgan va Amerikaga qiyos qilinadigan
Xellouin bayramiga Barcha Avliyolar Kuni arafasida, ya’ni 31-oktabrda
Keltlar asos solganini hamma ham bilmasa kerak. Ular shu kuni mar-
humlarning ruhlari tiriklarning tanalari bilan birlashish uchun qaytish-
lariga ishonishgan va
bunga xalaqit berish maqsadida, kechqurun Xel-
louin bayrami arafasida niqoblardan foydalanishgan hamda shay-tonlar-
ni qo‘rqitadigan liboslarga burkanishgan. Keltlar gulxan atrofida raqs tu-
shib, qichqirgan holda, marhumlarning ruhlarini quvishga urinishgan.
Amerikaga ushbu bayram irlandiyalik muhojirlar bilan birga faqat XIX
asrdagina kirib kelgan. Diqqat, bu nima?
Javob: (X) – qovoq.
7-o‘quvchi: (X) dukkaklilar oilasiga kiruvchi tarkibida yog‘i ko‘p
o‘simlik. Aynan shuning uchun ham uning hosilining eng katta qismi
yog‘
ishlab chiqarishga, keyinchalik, turli sohalarda: birinchi navbatda,
oziq-ovqat uchun ishlatiladi, non va qandolat mahsulotlari uchun, baliq
konservalari, margarin, farmakologiyada
va sovun ishlab chiqarish
uchun (pastki navlaridan) ishlatiladi. Diqqat, bu nima?
Javob: (X) – yeryong‘oq.
8-o‘quvchi: O‘zbekistonda eng yaxshi va eng keng tarqalgan navla-
ri: “Jalolobod” (oq va qora), “Tong” (qora), “Go‘zal” va “Bahor” (oq).
Doimo quyoshni poylab turadi. Diqqat, bu nima?
Javob: (X) – kungaboqar.