|
Uglevodorodlardan atsetilen olish
|
bet | 13/24 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #159055 |
Bog'liq OMKT (Amaliy mashg\'ulot)3. Uglevodorodlardan atsetilen olish. Metan va boshqa parafinlardan atsetilen olish uchun yuqori temperaturada piroliz qilish jarayonidan foydalaniladi:
2СН4 С2Н2 + 3Н2; -0298= -376 kDj/mol
С2Н6 С2Н2 + 2Н2; -0298= -311 kDj/mol
Ushbu reaksiyalar endotermik bo`lib, ularning muvozanati faqat 1000-13000C temperaturada o`ng tomonga siljiydi. Biroq, sanoatga tatbiq qilishda jarayonni tezlashtirish uchun undan xam yuqori temperatura kerak bo`ladi: metan uchun 1500-16000C; suyuq uglevodorodlar uchun 12000C.
Atsetilenning xosil bo`lish reaksiyasi radikal – zanjirli mexanizm asosida sodir bo`ladi. Metan va etanni piroliz jarayoni quyidagi ko`rinishga ega:
Xosil bo`lgan atsetilen tarkibida quyi parafinlar va olefinlardan tashqari, ozgina mikdorda benzol va atsetilen uglevodorodlari-metilatsetilen СН3-ССН, vinilatsetilen- СН2=СН-ССН, diatsetilen СНС-ССН va x.k. bo`ladi.
Yuqoridagi usul bilan atsetilen olishda oralik reaksiyalar sodir bo`lishi natijasida atsetilen uglerod va vodorodga parchalanadi:
Parchalanishi kamaytirish uchun, 50% atsetilen xosil bo`lganda reaksiya kamerasidagi gazlarni suv bilan purkash kerak, natijada xarorat kerakli temperaturagacha pasayadi.
4. Atsetilen generatorlari. Kal’tsiy karbidni suv ta`sirida parchalanishi sodir bo`ladigan apparatlarni atsetilen genratorlari deyiladi. Issiklikni chikarish buyicha generatorlar 2 turga bulinadi:
1. «Xo’l» turdagi generatorlar, bu generatorlardagi reaksiya issikligi ortikcha suv yordamida sovitiladi. Generatorlarda 1kg СаС2 ga 10 kg suv sarflanadi, bunda kal’tsiy gidroksid suvda suspenziya xosil qiladi, uni tiklash mumkin emas.
2. «Quruq» turdagi generatorlar. Ulardagi issiklik ortikcha olingan suvning buglanishi natijasida reaksiya muxitidan chikariladi. Bu usulda Са(ОН)2 kuruk xolda xosil bo`ladi, uni kurilish materiallari tayyorlashda qo`llash osonlashadi.
«Xo’l» turdagi generatorlar reagentlarni solish buyicha quyidagi sistemalarga bulinadi: «suvga karbid», «karbidga suv» va kontaktli (suv va karbid o’zaro ta`sirda).
Sanoatda kup mikdorda atsetilen olish uchun «Suvga karbid» turidagi generatorlarni qo`llash xavfsiz xisoblanadi. Bu apparatlarda karbid bo’laklari ortiqcha olingan suvga solinadi. Bu apparatni kizib ketishini oldini oladi va reaksiya issikligini chikarish uchun shart-sharoit yaratadi. «Suvga karbid» turidagi atsetilen generatorlari bilan tanishamiz (1-rasm).
Kalsiy karbid suv ta`sirida parchalanishi natijasida kal’tsiy gidroksidining suvdagi suspenziya (oxakli sut), shuningdek koks, ferrosilitsiy aralashmasidan iborat shlam xosil bo`ladi. Shlam generatorning tagida chukadi va 11-shlyuzi zatvorda yigiladi. Oxakli sut uzluksiz ravishda generatorning pastki kismidan chikariladi va tindiriladi. Tindirilgan eritmaga suv kushiladi va СаС2 ni parchalash uchun generatorga yuboriladi. Xosil bo`lgan atsetilenni generatordan tashqariga chikariladi. Bosim ortib ketsa (400-450gPa) ortikcha xosil bo`lgan gazni 7-gidravlik zatvor yordamida chikariladi. «Suvga karbid» turidagi generatorlarda soatiga 500 m3 atsetilen ishlab chikariladi.
|
| |