|
O'zbekiston respublikasi oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 12/24 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #159055 |
Bog'liq OMKT (Amaliy mashg\'ulot)AMALIY MASHG’ULOT № 4
ATSETILEN OLISH USULLARI
Mashgulot rejasi:
1. Atsetilen va uning fizik xossalari.
2. Kal’tsiy karbiddan atsetilen olish.
3. Uglevodorodlardan atsetilen olish.
4. Atsetilen generatorlarining turlari.
5. Atsetilen aralashmalari va ularni tozalash.
1. Atsetilen va uning fizik xossalari. Atsetilen-rangsiz gaz bo`lib, toza xolda efir xidiga ega; -83,80C temperaturada (0,102 MPa bosimda) kondensasiyalanadi. Atsetilen xavo bilan 2,0-8,1% aralashmasi; kislorod bilan 2,8-78% portlash xavfiga ega;
Atsetilen parchalanish natijasida katta mikdorda issiklik ajraladi:
СН СН 2С + Н2; -Н0298 = 226,7 kDj/mol
Ushbu parchalanish kislorodsiz muxitda kerakli initsiatorlar ishtirokida sodir bo`ladi. 0,2MPa bosimda sodir bo`ladigan parchalanish uncha xavfli bulmaydi. YUqori bosimdagi parchalanish reaksiyasi 1000 m/s tezlikdagi detonasiya tulkinida portlash bilan sodir bo`ladi. Portlashni oldini olish uchun reaksiyani 0,2 MPa bosim ostida olib boriladi. Bosim ostida ishlash vaktida atsetilen azot bilan suyultiriladi. Atsetilenni sikish uchun maxsus atsetilen kompressorlari qo`llaniladi.
Atsetilenni yana bir muxim texnik xossalaridan biri, uning boshqa uglevodorod gazlariga nisbatan yaxshi erish xususiyati xisoblanadi. Masalan, 200C xaroratda 1 xajm suvda 1 xajmga yakin atsetilen eriydi, 600C da esa 0,37 xajm eriydi. Atmosfera bosimi va 200C da atsetilenning eruvchanligi quyidagicha,%: metanolda 11,2 atsetonda 23, dimetilformamidda 32; N–metilpirrolidonda 37. Atsetilenni olish va boshqa gazlar aralashmasidan ajratishda atsetilenning eruvchanligi muxim axamiyatga ega.
Atsetilen ishlab chikarishning ikki usuli mavjud:
1) kal’tsiy karbiddan;
2) uglevodorodlardan.
2. Kalsiy karbiddan atsetilen olish. Bizga ma`lumki, kal’tsiy karbidi kal’tsiy oksidi va koksdan olinadi:
СаО + 3С СаС2 + СО,
Kalsiy karbidga suv ta`sir ettirilsa atsetilen xosil bo`ladi (reaksiya ekzotermik tarzda sodir bo`ladi):
СаС2 + 2Н2О С2Н2 + Са(ОН)2; -Н0298 =127,1 kDj/mol’
1 kg texnik atsetilendan 230-280 l atsetetilen olinadi. Nazariy jixatdan olganda esa, 1 kg toza СаС2 dan 380 l atsetilen olish mumkin.
Kalsiy karbidni parchalanish reaksiyasida jarayonni yaxshi sodir bo`lishi uchun ma`lum bir shart-sharoitlarga amal qilish kerak. Reaksiya geterogen bo`lganligi sababli, uning tezligi kal’tsiy karbidning yirik yoki maydaligiga bog’liq. Kal’tsiy karbid kancha mayda bulsa, reaksiya tezligi shuncha katta bo`ladi. Reaksiya aralashmasini aralashtirib turish kerak, chunki karbidning sirtida oxak katlami xosil bo`lishi mumkin; u esa СаС2 ni to`liq parchalanishiga xalakit beradi. Reaksiya muxitida xosil bo`lgan issiqlikni tashqariga chiqarib turish kerak, chunki atsetilen polimerlanishi yoki parchalanish mumkin.
|
| |